
Bola nega tunda siyib qo‘yadi (Enurez)? Sabablari va qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?
Bolaning tunda tagini xo‘llab qo‘yishi — ko‘plab ota-onalarni xavotirga soladigan va tez-tez duch kelinadigan muammolardan biridir. Tibbiyotda bu holat tungi enurez deb ataladi. Ko‘pchilik buni oddiy hol yoki vaqt o‘tishi bilan o‘tib ketadigan odat deb hisoblaydi, biroq uning zamirida bolaning asab yoki siydik-tanosil tizimi bilan bog‘liq jiddiy sabablar yotishi mumkin.

Bola nega tunda siyib qo‘yadi (Enurez)? Sabablari va qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?
Toshkentdagi Hilol Med ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida bolalar enurezining aniq sababini aniqlash va uni asoratsiz, to‘g‘ri davolash bo‘yicha tajribali mutaxassislar yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Bola tunda siyib qo‘yishining asosiy sababi nima?
Bolalarda tunda siydik tutolmaslikning mexanizmi ko‘pincha biologik va nevrologik omillarga borib taqaladi. Asosiy sabab — bosh miya va qovuq (siydik pufagi) o‘rtasidagi aloqa tizimining hali to‘liq shakllanmaganligidir.
Miyaga signal yetib bormasligi: Bola tunda juda qattiq va chuqur uxlaganida, qovuq to‘lgani haqidagi signal asab tolalari orqali miyaga vaqtida yetib bormaydi. Natijada asab tizimi uyg‘onish buyrug‘ini bera olmaydi va bola beixtiyor siyib qo‘yadi.
Asab tizimining yetilmaganligi: Bolaning rivojlanish davrida markaziy asab tizimi hali to‘liq shakllanib ulgurmagan bo‘lishi mumkin. Bu refleks vaqt o‘tishi bilan rivojlanishi kerak, biroq jarayon cho‘zilsa, mutaxassis yordami shart.
Psixologik omillar va stress: Oiladagi kelishmovchiliklar, bog‘cha yoki maktabdagi muammolar, kuchli qo‘rqish (cho‘chish) ham tungi enurezga turtki bo‘ladi.
Infevksiyalar va gormonal o‘zgarishlar: Siydik yo‘llarining shamollashi yoki tunda siydik ajralishini kamaytiradigan maxsus gormonning yetishmasligi.
Bunday holatda kimga murojaat qilish kerak?
Muammoni to‘g‘ri hal qilish uchun davolashni mutaxassislar nazorati ostida boshlash lozim. O‘z-o‘zini davolash yoki bolani jazolash holatni yanada og‘irlashtiradi. Hilol Med klinikasida quyidagi shifokorlar ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi:
Nevropatolog (Nevrolog): Enurez ko‘pincha asab tizimi bilan bog‘liq bo‘lgani uchun birinchi navbatda bolalar nevrologi ko‘rigi zarur. U miya va qovuq aloqasini yaxshilovchi, asab tizimini mustahkamlovchi xavfsiz muolajalarni belgilaydi.
Pediatr: Bolaning umumiy rivojlanishini baholaydi va ichki a’zolarda shamollash bor-yo‘qligini tekshiradi.
Bolalar urologi yoki nefrologi: Agar muammo asab tizimida emas, balki buyrak va qovuq faoliyatida bo‘lsa, ushbu shifokorlar jalb etiladi.

Hilol Med klinikasida qanday diagnostika o‘tkaziladi?
Aniq tashxis qo‘yish uchun klinikamizda quyidagi zamonaviy va og‘riqsiz tekshiruvlar amalga oshiriladi:
Qovuq va buyraklar UTT (UZI): Siydik pufagi hajmi va buyraklar holatini tekshirish uchun.
Miya EEG (Elektroensefalografiya): Bosh miya faoliyati va asab tizimi yetilish darajasini aniqlash uchun.
Laborator tahlillar: Siydik va qonning umumiy tahlili orqali yashirin infeksiyalarni istisno qilish.
Ota-onalarga foydali tavsiyalar
Shifokor ko‘rsatmalaridan tashqari, bolaga uy sharoitida ham yordam berish mumkin:
Faollik va sport: Bolani ko‘proq harakatli o‘yinlarga va sport to‘garaklariga jalb qiling. Jismoniy faollik asab tizimining va mushaklarning umumiy tonusini, jumladan qovuq mushaklarini ham mustahkamlaydi.
Suyuqlik tartibi: Uyqudan 2-3 soat oldin ko‘p suyuqlik, gazli ichimliklar va shirinliklar berishni cheklang.
Ruhan qo‘llab-quvvatlash: Bolani hech qachon tungi xatoligi uchun urishmang yoki uyaltirmang. Bu undagi stressni oshirib, enurezning kuchayishiga sabab bo‘ladi.
Farzandingizning sog‘lig‘i va xotirjamligi o‘z qo‘lingizda. Agar tungi enurez bolangizni bezovta qilayotgan bo‘lsa, uni vaqtida bartaraf etish uchun hoziroq Hilol Med klinikasining bolalar nevrologi va pediatr qabuliga yoziling!

blogs
footer_title
informations
contact_and_location
Toshkent sh.,
Chilonzor tumani,
Katta Qani ko'ch.,
13/1
hilolmedcenter@mail.ru
© Hilol med — Repid Agency tomonidan ishlab chiqilgan.

















