Ko’krakdagi  og’riq – yurakdagi og’riq sabablari, diagnostika va davolash usullari.

Ko‘krak og‘rig‘i insonlarni shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘ladigan eng keng tarqalgan og‘riqlardan biri bo‘lib, yurak, o‘pka, oshqozon va boshqa ichki a’zolarning jiddiy zararlanganligi haqida signal bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda yurak sanchishi, xansirash, nafas yetishmovchiligi yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammolar kuzatilishi mumkin.

Agar sizda yuqoridagi belgilar paydo bo‘lsa, tajribali kardiolog Toshkent yoki terapevt Toshkent mutaxassisiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Bizning xususiy klinika Toshkent hududida zamonaviy diagnostika va davolash xizmatlarini taklif etadi.

Sabablari

Koronogen sabablarga

yurak ishemik kasalliklari

yurakning yallig‘lanish kasalliklari (miokardit, endokardit, perikardit)
yurak nuqsonlari

gipertoniya yoki davleniya

Bunday holatlarda stenokardiya, infarkt, yurak sanchishi kabi kasalliklar paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli bemorlar ko‘pincha kardiolog tashkent mutaxassisiga murojaat qilishadi.

Nokoronogen sabablarga

o‘pka kasalliklari

oshqozon kasalliklari

nevrologik kasalliklar

Bunday hollarda nevrolog tashkent yoki nevropatolog Toshkent ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.

Yurak ishemik kasalligi(YuIK) nima?

YuIK miokardning funksional va organik shikastlanishidir. Kasallik yurak mushaklarining gipoksiyasi (kislorod yetishmovchiligi) tufayli yuzaga keladi. Bu holat mushaklarga qon oqimining pasayishi yoki to‘liq to‘xtashi tufayli kelib chiqadi.

Natijada bemorda:

yurak sanchishi

xansirash

nafas yetishmovchiligi

ko‘krak og‘rig‘i

kabi belgilar paydo bo’ladi.

YuIK ga olib keluvchi xavf omillari

uzoq vaqt davomida yuqori qon bosimi

semizlik

passiv hayot tarzi

qandli diabet

qonda xolesterin miqdorining yuqori bo‘lishi

chekish va spirtli ichimliklar

nasliy moyillik

Stenokardiyalarni tekshirish usullari

Bemorlardan chuqur yig‘ilgan anamnez muhim ahamiyatga ega.

Shifokor quyidagilarni aniqlaydi:

kasallik qachon boshlanganligi

nimadan keyin boshlanganligi

qanday shikoyatlar borligi (yurak sanchishi, xansirash)

og‘riq qayerda joylashgani

og‘riq qancha vaqt davom etishi

Instrumental tekshiruv usullari

EKG

ExoKG

qondagi lipid spektrini baholash

koronarografiya

yuklama ostida testlar

sutkalik xolter monitoring

Bu tekshiruvlar orqali stenokardiya, infarkt, qon bosimi muammolari aniqlanishi mumkin.

Stenokardiyani davolash

Davolash usuli kasallik turiga qarab kardiolog yoki terapevt tomonidan belgilanadi.

Dorilarsiz bilan davolash

ratsional ovqatlanish

muntazam sport bilan shug‘ullanish

vaznni kamaytirish

zararli odatlardan voz kechish

Dorilar bilan davolash

nitratlar

kalsiy kanali blokatorlari

antiagregant va antikoagulyantlar

statinlar

statinlar

Jarrohlik davolash

Ba’zi hollarda quyidagi usullar qo‘llaniladi:

koronar tomirga stent qo‘yish

arterio-koronar shuntlash

Stenokardiya profilaktikasi

semirishdan saqlanish

ratsional ovqatlanish

zararli odatlarni tashlash

muntazam sport bilan shug‘ullanish

qon bosimini nazorat qilish

Bizning Klinika Toshkent hududida joylashgan Hilol Med Center klinikasida tajribali kardiolog, nevrolog, nevropatolog, terapevt, endokrinolog, revmatolog, gastroenterolog, gepatolog, nefrolog, pediatr kabi mutaxassislar faoliyat yuritadi.

Agar sizni yurak sanchishi, xansirash, nafas yetishmovchiligi yoki oyoq shishi bezovta qilayotgan bo‘lsa, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishingiz tavsiya etiladi. Shuningdek, zarurat bo‘lsa statsionar tashkent xizmatlari ham mavjud.

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan