Xansirash yoki nafas yetishmovchiligi odatda bronx kasalliklari, o‘pka kasalliklari yoki yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu holat havo yetishmasligi hissi bilan namoyon bo‘ladi. Agar bunday belgilar paydo bo‘lsa, o‘z-o‘zini davolamasdan shifokor bilan maslahatlashish muhim. Zarur bo‘lsa terapevt, kardiolog yoki nevrolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
Tibbiyotda nafas qisishi (dispnoe) odatda jismoniy harakat vaqtida yoki hatto tinch holatda ham paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan havo yetishmasligi hissini bildiradi. Ba’zi hollarda zinapoyaga chiqishda, tez yurishda yoki hatto dam olayotganda ham xansirash kuzatiladi. Agar sizda nafas yetishmovchiligi yoki tez-tez nafas qisishi kuzatilsa, imkon qadar tezroq shifokorga murojaat qilish zarur.
Bunday belgilar ko‘pincha yurak va qon tomir kasalliklari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan stenokardiya, infarkt, yuqori qon bosimi yoki davleniya ko‘tarilishi natijasida bemorda yurak sanchishi, xansirash va hatto oyoq shishi kabi belgilar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda bemorga kardiolog ko‘rigi tavsiya etiladi.
Nafas qisilishining asosiy sabablari nima bo’lishi mumkin?
Nafas qisilishi ikki xil shaklda rivojlanishi mumkin. Birinchi holatda u asta-sekin paydo bo‘lib, uzoq vaqt davomida rivojlanadi. Avval ko‘proq jismoniy harakat vaqtida kuzatiladi, keyinchalik esa hatto tinch holatda ham xansirash paydo bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi holatda esa nafas yetishmovchiligi to‘satdan paydo bo‘ladi va qisqa vaqt ichida kuchayadi. Bu holat tez tibbiy yordamni talab qilishi mumkin.
Asta-sekin paydo bo’lgan xansirashining asosiy sabablari:
Bronx va o‘pka tizimi kasalliklari — emfizema, obstruktiv bronxit, surunkali bronxit va boshqa o‘pka kasalliklari.
Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari — gipertoniya, infarkt, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va boshqa kasalliklar. Bu holatda bemorda yurak sanchishi, tez charchash va nafas qisishi kuzatiladi.
Ortiqcha vazn yoki semizlik ham nafas yetishmovchiligi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.
«Tez» nafas qisilishiga olib keladigan sabablar:
· Bronx va o’pka kasalliklaridan – har xil turdagi pnevmoniyalar, bronxial astma, o’pka arteriyasi emboliyasi;
· yurak kasalliklari – yurak nuqsonlari, miokard infarkti, koronar arteriya kasalliklari, paroksizmal aritmiyalar va boshqalar;
· allergik reaksiyalar – kvinke shishi, anafilaktik shok.
Xansirashning ya’na ko’plab sabablari bor, biz faqat eng ko’p uchraydiganlarini sanab o’tdik. Xansirashga olib kelishi mumkin bo’lgan kasalliklar inson salomatligi uchun juda jiddiy xavf tug’diradi. Shuning uchun agar sizda xansirash belgilari kuzatilayotgan bo’lsa, tezroq shifokorga murojaat qiling. Tashxis va davolashni kechiktirish xansirash sabablarini og’irlashtirishi va orqaga qaytmas asoratlarga olib kelishi mumkin, agar nafas qisilishi to’satdan paydo bo’lsa va tez rivojlanib axvolingizni birdaniga og’irlashtirsa zudlik bilan tez yordam chaqirishingiz kerak.
Xansirashning mexanizmi
Nafas yetishmovchiligi ko‘pincha organizmda kislorod yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Qonda kislorod miqdori kamayganda miya nafas markazi faolroq ishlay boshlaydi va organizm tezroq nafas olishga harakat qiladi.
Shu sababli odatda odam bir daqiqada 16–18 marta nafas olsa, xansirash paytida bu ko‘rsatkich 30–40 martagacha oshishi mumkin.
Agar bunday belgilar uzoq davom etsa, terapevt, kardiolog, nevrolog, endokrinolog yoki revmatolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi.
Nafas yetishmovchiligini tashxislash va davolash
Nafas yetishmovchiligini tashxislash va davolash
Shifokorga murojaat qilganda birinchi navbatda nafas qisishi sababini aniqlash kerak bo‘ladi. Buning uchun shifokor umumiy ko‘rik o‘tkazadi va zarur bo‘lsa quyidagi tekshiruvlarni tavsiya qiladi:
EKG
Ehokardiografiya
spirometriya
laborator tahlillar
Tashxis aniqlangandan so‘ng davolash usuli belgilanadi. Ba’zi hollarda bemorga kardiolog, nevrolog, nevropatolog, endokrinolog, gastroenterolog, gepatolog, nefrolog yoki pediatr konsultatsiyasi tavsiya etilishi mumkin.
Agar sizda tez-tez xansirash, nafas yetishmovchiligi, nafas qisishi, yurak sanchishi, yuqori qon bosimi yoki oyoq shishi kuzatilsa, mutaxassisga murojaat qilish muhim.
Zarur bo‘lsa Toshkentdagi klinika yoki statsionar Toshkent tibbiyot markazlarida to‘liq diagnostika va davolashdan o‘tish mumkin.