Insult rivojlanmasligi uchun nimalarga e’tibor qaratish kerak?
Insultga olib keluvchi omillarning aksariyatini oldini olish mumkin. Eng muhim xavf omillari — yuqori qon bosimi, qonda xolesterin ko‘payishi, chekish va spirtli ichimliklar, kam harakatlilik, doimiy stress, qandli diabet, yurak ritmi buzilishlari va aterosklerozdir.
Ular orasida eng xavflisi — arterial gipertoniya, ya’ni qon bosimining baland bo‘lishidir. Statistikaga ko‘ra, insultlarning taxminan 70 foizi aynan yuqori qon bosimi bilan bog‘liq. Agar qon bosimi 160/95 mm dan oshsa, insult xavfi normal bosimga (120/70 mm) nisbatan 4 barobar ortadi. Qon bosimi 200/100 mm ga yetganda esa bu xavf 10 barobar oshadi.
Shuning uchun insultdan saqlanish uchun qon bosimini muntazam nazorat qilish, sog‘lom ovqatlanish, harakat va sport, stressni kamaytirish, zararli odatlardan voz kechish juda muhim. Xavf omillari mavjud bo‘lsa, terapevt, kardiolog va nevropatologga muntazam murojaat qilib, tekshiruvdan o‘tib turish lozim.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish