Epilepsiya qanday kasallik?
Epilepsiya — bu bosh miyaning surunkali kasalligi bo‘lib, u turli xil tutqanoq xurujlari va hushdan ketishlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, har 1000 kishidan 5–10 nafarida epilepsiya aniqlanadi. Epilepsiyaning muhim jihatlaridan biri shundaki, uning taxminan 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi.
Kasallik erkaklar va ayollarda deyarli bir xil darajada uchraydi. Epilepsiya xurujlari to‘satdan paydo bo‘lib, bemorning kundalik hayoti va xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Agar bolada yoki kattada hushdan ketish, tutqanoq yoki tushunarsiz holatlar kuzatilsa, albatta nevropatologga murojaat qilish kerak. To‘g‘ri tashxis va muntazam davolash bilan epilepsiya xurujlarini nazorat ostiga olish mumkin.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish