Tutqanoq xuruji paytida qanday tez yordam ko‘rsatish kerak?
Tutqanoq xuruji paytida eng asosiy vazifa — bemorni jarohatlanishdan himoyalash. Avvalo uning atrofidagi xavfli buyumlar (o‘tkir, qattiq narsalar) tezda chetga olinadi. Agar yotgan joyi xavfsiz bo‘lsa, bemorni ko‘chirish shart emas, aks holda uni yumshoq va xavfsiz joyga ehtiyotkorlik bilan yotqizish kerak.
Agar xuruj yopiq xonada bo‘lsa, deraza ochilib, toza havo kirishi ta’minlanadi. Bemorning yoqasini bo‘shatish, boshini yon tomonga burib qo‘yish juda muhim — bu nafas yo‘llari yopilib qolishining oldini oladi. Bemor oldiga yon tomondan emas, bosh tomonidan yaqinlashish tavsiya etiladi.
Xuruj vaqtida bemorning qo‘l-oyog‘ini majburan ushlab turish, yuziga suv sepish, hidlatish yoki og‘zini zo‘rlab ochish qat’iyan mumkin emas. Xuruj odatda 3–5 daqiqa ichida o‘z-o‘zidan to‘xtaydi.
Xuruj tugagach, bemor ko‘pincha chuqur uyquga ketadi. Bu holatda uni uyg‘otmaslik kerak. Agar xurujlar tez-tez takrorlansa yoki birinchi marta kuzatilgan bo‘lsa, albatta nevropatolog yoki epileptologga murojaat qilish zarur. Epileptolog — epilepsiyani tashxislash va davolash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassis bo‘lib, zarur hollarda davolash usulini individual tanlaydi.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish