Parkinsonizm qanday kasallik va nima uchun u “Parkinson kasalligi” deb ataladi?
Parkinsonizm — bu asab tizimining surunkali kasalligi bo‘lib, u qo‘l-oyoqlarning titrashi, mushaklarning qotishi, harakatlarning sekinlashishi va yurishning buzilishi bilan namoyon bo‘ladi. Bemorlar qadam tashlashda qiynaladi, gavdasi asta-sekin bukchayib boradi, mayda harakatlarni bajarish qiyinlashadi.
Bu kasallik “Parkinson kasalligi” deb atalishining sababi shundaki, uni 1817-yilda ingliz shifokori James Parkinson birinchi bo‘lib batafsil tasvirlab bergan. U “Titrashli falajlik” nomli asarida o‘sha paytgacha noma’lum bo‘lgan kasallik belgilarini yozib qoldirgan. Qizig‘i shundaki, Parkinson bu kasallik alomatlarini o‘zida ham kuzatgan va ularni muntazam qayd qilib borgan.
U qo‘llarining titrashi, boshning qaltirashi, mushaklarning qotishi va yurishning qiyinlashuvi qarilik emas, balki alohida kasallik ekanini tushungan. Bugungi kunda nevropatologlar biladigan Parkinson kasalligining asosiy belgilari aynan Parkinson tomonidan yozib qoldirilgan. Agar u bu kasallikni boshidan kechirmaganida, ehtimol kasallik ancha kech aniqlangan bo‘lardi. Belgilar paydo bo‘lsa, nevropatologga murojaat qilish zarur.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish