Parkinson kasalligi faqat kattalarda uchraydimi?

Parkinson kasalligi faqat kattalarda uchraydimi?

Parkinson kasalligi faqat kattalarda uchraydimi?

Parkinson kasalligi ko‘proq katta yoshdagilarda uchraydi. Bu fikrni kasallikni birinchi bo‘lib tasvirlagan ingliz shifokori James Parkinson ham ilgari surgan. U kasallik alomatlarini 50 yoshdan keyin o‘zida payqagan va keyinchalik xuddi shunday belgilarni yana 6 nafar, barchasi 50 yoshdan oshgan bemorlarda kuzatgan.
Parkinson bemorlarda bir xil alomatlarga — qo‘llarning titrashi, mushaklarning qotishi, harakatlarning sekinlashuvi va qadam tashlashning sustlashuviga e’tibor qaratgan. Mushak kuchi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, titroq va qotish sababli harakatlar qiyinlashgani uchun u bu kasallikni “titrashli falajlik” deb atagan.
Parkinson vafotidan taxminan 50 yil o‘tib, mashhur fransuz nevrologi Jean-Martin Charcot ushbu kasallikni chuqur o‘rganadi va uni kasallikni batafsil ta’riflab qoldirgan shifokor nomi bilan atashni taklif qiladi. Olimlar bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi va shundan buyon kasallik “Parkinson kasalligi” deb yuritila boshlaydi.
Hozirgi kunda Parkinson kasalligi asosan kattalarda uchrashi ma’lum, biroq ayrim hollarda nisbatan yosh odamlarda ham kuzatilishi mumkin. Belgilar paydo bo‘lsa, nevropatologga murojaat qilish va erta tashxis qo‘yish juda muhim.


Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan