Bo‘g‘im og‘riqlari nimadan paydo bo‘ladi?

Bo‘g‘im og‘riqlari nimadan paydo bo‘ladi?

Ko‘pchilik bilmaydi, ammo doimiy ruhiy siqilish va asabiy zo‘riqishlar bo‘g‘imlarda ham og‘riq paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qo‘l va oyoqlardagi, turli bo‘g‘imlardagi og‘riqlardan shikoyat qiluvchi bemorlar juda ko‘p.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bo‘g‘im og‘rig‘i bilan murojaat qilib, dastlab “bod” yoki “revmatizm” tashxisi qo‘yilgan bemorlarning taxminan yarmida keyinchalik o‘tkazilgan chuqur tekshiruvlar bu og‘riqlar ruhiy-asabiy zo‘riqishlar bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatadi.
Bunday holatlarda og‘riq faqat bo‘g‘imlar bilangina cheklanib qolmaydi, balki mushaklar va suyaklarga ham tarqaladi, natijada bemorning yurishi qiyinlashadi. Uzoq vaqt bir joyda tik turish, ishlab chiqarishda stanok yonida bir necha soatlab ishlash yoki uzoq yurish og‘riqlarni yanada kuchaytiradi.
Ko‘plab bemorlar: “Oyoqlarim xuddi tosh osib qo‘ygandek og‘irlashib ketadi, yurishga qiynalaman”, deb shikoyat qilishadi. Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar ko‘pincha mushaklarning tortishishi bilan birga kechadi va kechasi kuchayadi.
Nima qilish kerak? Avvalo, bo‘g‘im og‘rig‘ining aniq sababini aniqlash zarur. Buning uchun bemor nevropatolog va zarurat bo‘lsa revmatolog ko‘rigidan o‘tishi kerak. Agar og‘riqlar ruhiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lsa, davolash faqat dori bilan emas, balki asab tizimini tinchlantirish, mehnat va dam olish rejimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali olib boriladi. O‘z vaqtida murojaat qilinganda bunday og‘riqlarni nazorat qilish va kamaytirish mumkin.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

2 Comments

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan