Bolalarda duduqlanish nimadan paydo bo‘ladi?

Bolalarda duduqlanish nimadan paydo bo‘ladi?

Duduqlanish bolalar orasida tez-tez uchraydigan nutq buzilishidir. Ayniqsa, kuchli qo‘rquv, ruhiy zarba yoki noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘ladigan duduqlanish ko‘p uchraydi. Masalan, 1 yoshdan gapira boshlagan bola 2–3 yoshga yetmasdan ota-onaning haddan tashqari qattiqqo‘lligi, qo‘rqitilishi yoki “tarbiya uchun” qorong‘i xonaga qamab qo‘yilishi oqibatida nutqining ravonligini yo‘qotib, duduqlanib gapira boshlashi mumkin.
Shuni unutmaslik kerakki, bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz mavjud bo‘lib, ular 7 yoshgacha faol rivojlanadi va shakllanadi. Shu sababli duduqlanish ko‘proq aynan shu yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bu davrda bolaga nisbatan qo‘pol muomala, qo‘rqitish yoki bosim o‘tkazish nutq markazlariga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Kim davolaydi?
Agar duduqlanish qo‘rquv va ruhiy zarba sababli yuzaga kelgan bo‘lsa, bolani pedagog-psixolog va logoped ko‘rikdan o‘tkazadi va davolaydi.
Agar nutq buzilishi bosh miya kasalliklari yoki jarohatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, unda bolani nevropatolog (neyropsixolog) yoki tibbiy psixolog davolaydi. Har qanday holatda ham logoped (defektolog) davolash jarayonida albatta ishtirok etishi shart, chunki to‘g‘ri talaffuzni faqat logoped o‘rgata oladi.
Bolani maktab yoshiga yetmasdan davolash juda muhim, aks holda duduqlanish boshqa ruhiy muammolarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan