Bola nega tunda siyib qo‘yadi?
Tunda siyib qo‘yish (tunги enurez) bolaning asab tizimi va siydik chiqarish jarayonini nazorat qiluvchi markazlar hali to‘liq shakllanmagani bilan bog‘liq bo‘ladi. Tunda bola qattiq uxlaydi, qovuq siydikka to‘ladi, lekin bu haqdagi signal miyaga yetib bormaydi yoki miya uni to‘g‘ri qabul qilmaydi, shuning uchun bola uyg‘onmaydi. Natijada u tunda siyib qo‘yadi.
Odatda bola 3–4 yoshdan keyin tunda siymasligi kerak. Agar bu holat uzoq davom etsa, bu markaziy asab tizimi faoliyatining sustligi, kuchli uyqu, asabiylik yoki nasliy moyillik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday bolalar ko‘pincha tez asabiylashadi, jismonan nimjon bo‘ladi va kam harakat qiladi.
Ko‘p ota-onalar faqat urologga murojaat qiladi, ammo enurezda avvalo nevropatolog ko‘rigi juda muhim. Agar jiddiy kasallik aniqlanmasa, bolani sportga berish, ko‘proq harakat va toza havoda yurish enurezni kamaytiradi yoki butunlay yo‘qotishi mumkin. Davolash zarur bo‘lsa, uni shifokor individual tarzda belgilaydi.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish