Bosh nega aylanadi?
Bosh aylanishi — juda ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, u turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p uchraydigan sabablarga ruhiy va hissiy zo‘riqish, dam olmasdan uzoq ishlash, bosh miya qon tomir kasalliklari, vegetativ buzilishlar, qon bosimining ko‘tarilishi yoki tushib ketishi, surunkali kamqonlik (anemiya), yurak kasalliklari va ichki quloq muammolari kiradi.
Ko‘pincha bosh aylanishi yurakning tez urishi, holsizlik, sovuq terlash, quloqda shovqin, ko‘ngil aynishi va oyoqlarning titrashi bilan birga kechadi. Bu belgilar, ayniqsa, ruhiy zo‘riqishdan keyin kuchayadi.
Bosh aylanishidan aziyat chekadigan odamlar ko‘pincha balandlikdan qo‘rqishadi: balkon, ko‘prik yoki tomdan pastga qaraganda holati yomonlashadi. Agar bosh aylanishi tez-tez takrorlansa, uzoq davom etsa yoki boshqa alomatlar bilan birga bo‘lsa, nevropatologga murojaat qilish va sababini aniqlash muhim.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish