Depressiya nima va u qanchalik keng tarqalgan?

Depressiya nima va u qanchalik keng tarqalgan?

Depressiya — bu kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlashning sustlashuvi va har qanday ishga bo‘lgan qiziqish hamda intilishning yo‘qolishi bilan kechadigan ruhiy kasallikdir. Depressiyada odam o‘zini doimiy charchagan, tushkun va umidsiz his qiladi, kundalik hayotga befarq bo‘lib qoladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 160 milliondan ortiq odam depressiya bilan ro‘yxatga olingan. Ammo mutaxassislar fikricha, bu raqamlar asl holatni to‘liq aks ettirmaydi. Chunki depressiya bilan kasallangan har uch bemorning faqat bittasi shifokor nazoratida bo‘ladi. Ko‘plab odamlar o‘z holatini kasallik deb bilmaydi yoki psixolog va psixiatrlarga murojaat qilishdan tortinadi. Bundan tashqari, depressiya turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgani uchun hamma vaqt ham to‘g‘ri tashxis qo‘yilavermaydi.
Savol: Depressiyaning sabablari nimadan iborat?
Javob: Depressiyaning sabablari juda ko‘p. Eng asosiy omillar — o‘tkir yoki uzoq davom etuvchi ruhiy siqilishlar, ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar, oilaviy muammolar hamda uzoq davom etadigan og‘ir kasalliklardir.
Agar depressiya tashqi salbiy omillar ta’sirida rivojlansa, u ekzogen depressiya deb ataladi. Hech qanday aniq sabab bo‘lmasdan, ichki omillar hisobiga rivojlanadigan depressiya esa endogen depressiya deyiladi. Endogen depressiyaning paydo bo‘lishida nasliy moyillik muhim rol o‘ynaydi.
Kimga murojaat qilish kerak? Depressiya alomatlari kuzatilganda psixolog, psixoterapevt yoki psixiatrga murojaat qilish zarur. Erta tashxis va to‘g‘ri davolash depressiyaning og‘irlashib ketishining oldini oladi.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan