Epilepsiya nasliy kasallikmi?
Epilepsiyada nasliy omil ma’lum darajada rol o‘ynashi mumkin, ammo u asosiy va hal qiluvchi sabab emas. Ilgari epilepsiya ko‘pincha to‘liq nasldan o‘tadi, deb hisoblangan, ammo hozirgi ilmiy tadqiqotlar bu fikrni tasdiqlamaydi. Zamonaviy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, agar ota-onadan biri epilepsiya bilan kasallangan bo‘lsa ham, bolada ushbu kasallik rivojlanish xavfi 10 foizdan oshmaydi.
Demak, epilepsiya aksariyat hollarda bevosita meros bo‘lib o‘tmaydi, balki ayrim holatlarda faqat moyillik o‘tishi mumkin. Agar oilada epilepsiya bo‘lgan bo‘lsa va bolada shubhali alomatlar paydo bo‘lsa, erta tashxis qo‘yish uchun nevropatologga murojaat qilish juda muhim.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish