Gipertoniya kasalligi– surunkali kasallik boʻlib, uning asosiy belgisi qon bosimining oshishidir.
Kasallikning tarqalishi Rossiya Federasiyasi Kardiologiya Jamiyatining 2020-yildagi ma’lumotlariga koʻra: Dunyo aholisining 30-45% gipertenziyadan aziyat chekmoqda. Shundan 25-65 yoshdagi erkaklar orasida bu kasallik 47 foizini, ayollar orasida esa 40 foizni tashkil etadi, shuning oʻzi ham kasalllikning naqadar dolzarb ekanligini anglatadi.
Kasallikning rivojlanish patogenezi
Qon bosimi qon tomir devorlariga bosim oʻtkazadigan kuch boʻlib, u uchta gemodinamik parametrga bogʻliq: yurakning qon otib berish kuchi , qon tomirlarda aylanib yuradigan qonning umumiy hajmi va qon tomir devorlarining umumiy qarshiligi. Ushbu koʻrsatkichlardan birining oʻzgarishi qon bosimining oshishiga sabab boʻlishi mumkin.
Kasallikning sabablari
Gipertoniya kasalligi ko’p etiologiyali kasallik bo’lib , shu paytgacha uning aniq sababi topilmagan , ammo olimlar tomonidan GK ga olib keluvchi xavf omillari aniqlangan bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
O’zgartirib bo’lmaydigan xavf omillari
- Yaqin qarindoshlarda gipertoniya holatlari qayd etilganligi (irsiyat).
- Yosh- keksa(erkaklar 55 yoshdan, ayollar 65 yoshdan keyin) yoshli insonlarda qon bosimining ko’tarilish ehtimoli yuqori bo’ladi.
- Jinsiy – qon bosimi ayollarga qaraganda erkaklarda ertaroq aniqlanadi. Ayollarda menopauza davrida gipertenziya rivojlanish xavfi ortadi (aynan shu davrda ayollarning 60 foizi yuqori qon bosimidan aziyat chekadi). Bu gormonal muvozanat va hissiy va asabiy reaksiyalarning kuchayishi bilan bog’liq.
- Ob-havo sharoitlarining ta’siri.
- Irq-negroid irqiga mansub insonlar qon bosimidan ko’proq aziyat chekadilar.
O’zgartirsa bo’ladigan xavf omillari · Semizlik-bunda birinchidan yurakga bo’lgan yuklama oshadi, boshqa tamondan semiz insonlardagi qorin yog’ qavatidan ishlab chiqariladigan moddalar qon tomir devorlariga ta’sir etib, tomirlar devorining vazokonstriksiyasi(spazm)ni va shishishini oshiradi. Natijada qon bosimi ko’tariladi.Aholi orasida semiz insonlarning aholining boshqa qatlamiga qaraganda GK bilan kasallanish ehtimoli 2-6 barobar yuqoriroq.· Kamharakat(passiv) hayot tarzi:Jismoniy faollikni kamayishi kassalik xavfini jismoniy aktiv insonlarga qaraganda 29-50 foizgacha oshiradi.· Osh tuzini haddan ziyod iste’mol qilish · Spirtli mahsulotlarni ist’mol qilish· Chekish – inkor qilib bo’lmaydigan xavf omili bo’lib , sigaret tutuni qon bosimini 10-30 mm.sim.ust.ga oshirishi mumkin, uning tarkibidagi zararli moddalar qon tomirlarni spazmga uchratadi, bundan tashqari qon tomir devorining yallig’lanishiga sabab bo’ladi.· Qonda yamon sifatli lipid(yog’)lar miqdorining ko’payishi.Gipertoniya kasalligi klassifikatsiyasiQon bosimining ko’tarilish darajasiga qarab:
Arterial gipertenziya darajalari | Sistolik (yuqori) ko’rsatkich. | Diastolik(pastki) ko’rsatkich. |
Optimal | <120 | <80 |
Normal | 120-130 | 80-84 |
Yuqori normal | 130-139 | 85-89 |
AG I | 140-159 | 90-99 |
AG II | 160-179 | 100-109 |
AG III | ≥180 | ≥110 |
Gipertoniya kasalligi belgilariShuni ta’kidlash kerakki, ba’zida GK simptom(belgi)larsiz namoyon bo’ladi. Shuning uchun gipertenziya uchun xavf omillari(semiz,chekuvchi,ichuvchi,nasliy moyil,yoshi keksa va h.k.) bo’lgan odamlar qon bosimlarini doimiy ravishda o’lchab turishlari kerak.Kuzatilishi mumkin bo’lgan belgilar · Bosh aylanishi va bosh og’rig’i;· Tananing turli qismlarida, masalan, boshning orqa tomonida va chakkalarda pulsatsiya hissi;· «Boshdagi tuman» hissi, ko’rish keskinligining pasayishi;· Tinnitus(quloqda shovqin) va eshitiladigan yurak urishi;· Uyqusizlik va charchoq;· Ishtahaning yo’qolishi va ko’ngil aynishi;· Ko’krak qafasidagi og’riq· Dam olishda va engil jismoniy faoliyat paytida nafas qisilishi;· Terlashning kuchayishi;· Yuzning qizarishi;
Arterial gipertenziyaning asoratlari
Arterial gipertenziyaning eng muhim asoratlari:
- Gipertenziv kriz-favqulotta holat bo’lib, qon bosimining haddan tashqari oshishi bilan namoyon bo’ladi,bunday holatda zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko’rsatilmasa bemor ahvoli og’irlashishi va jarayon infarkt yoki insult kabi og’ir holatlar bilan tugashi mumkin.
- Serebrovaskulyar buzilishlar (gemorragik yoki ishemik insult)-bosh miyaning qonsizlanishi yoki bosh miyaga qon quyulishi tufayli bosh miya hujayralarining shikastlanishi bo’lib , bunda insonning qo’l- oyog’i falaj bo’lishi, inson gapiraolmay qolishi va h.k. og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
- Miokard infarkti- yurak mushaklari nekrozi , bunda nekrozga uchragan mushak o’z funksiyasini bajara olmaydi.
- Nefroskleroz (buyrak bujmayishi);
- Yurak yetishmovchiligi-yurakning o’z funksiyasini yetarli darajada bajara olmasligi.
Gipertoniya kasalligi diagnostikasi
Gipertoniya kasalligida to’g’ri yig’ilgan anamnez muhim ahamiyatga ega . Bunda kasallik qachon boshlanganligi , nimadan keyin boshlanganligi, qon bosimi qanchagacha ko’tarilganligi , qon bosimi ko’tarilgan paytda yana qo’shimcha nimalar bezovta qilganligi yaxshilab so’rab-surishtiriladi . Bundan tashqari bemordagi GKga olib keluvchi xavf omillari yaxshilab o’rganiladi.
Instrumental tekshiruv
- EKG
- ExoKG
- Bo’yin tomirlari dopler UTTsi
- Oftalmoskop yordamida ko’z tubini tekshirish
- Sutkalik qon bosimi tekshiruvi(SMAD)
Gipertoniya kasalligini davolash
Davolashning maqsadi: normal qon bosimi darajasiga erishish va asoratlarni oldini olish.
Qachonki vrach kardiolog yoki terapevt bemorga aniq tashxis qo’ysa , qon bosimi darajasi va xavf omillariga asoslangan holda davolash rejasini ishlab chiqadi.
Davolsh medikamentoz(dorilar orqali) va nomedikamentoz ( dorilarsiz) turlarga bo’linadi:
Medikamentoz davolash
Bunda bir qancha dori guruhlari mavjud bo’lib ularga quyidagilar misol bo’ladi:
- AAF(angiotenzin aylantiruvchi ferment) ingibitorlari : Enalopril, Lizinopril, Kaptopril va h.k.
- Kalsiy kanali blokatorlari : amlodipin,nifedipin .
- ARA(angiotensin retseptori antoganisti) : valsartan, lozartan,telmisartan.
- Renin ingibitorlari: aliskirin,remikrin.
- Diuretiklar(siydiruvchilar):gidroxlortiazid, furosemid, torasemid, spironolakton(veroshpiron).
- Adrenoblokatorlar: metoprolol, propranolol.
- Vazodilatatorlar
Bu dorilarni qancha dozada , qaysi paytda , nechchi mahal ichishni bemor holatidan , shikoyatlaridan,dorining xususiyatlaridan kelib chiqgan holatda vrach kardiolog yoki terapevt tavsiya qiladi!
Nomedikomentoz davolash
- Ortiqcha tana vaznidan xolos bo’lish.
- Jismony faol bo’lish .
- Zararli odatlar (ichish, chekish va h.k.) dan vos kechish.
- Osh tuzi ist’molini kamaytirish.
- Har xil stress omillardan iloji boricha uzoqda bo’lish.
- Ovqatlanish ratsioniga amal qilish : uglevodga boy(xamirli oziq mahsulotlar,shirinliklar) mahsulotlarni, hayvon yog’i(xolestirin)ga boy mahsulotlarni kamaytirish.
Shu o’rinda aytib o’tish kerakki nomedikamentoz davolash har doim medikamentoz davolsh bilan birga olib boriladi!
Gipertoniya kasalligining profilaktikasi(oldini olish)
- Semirishdan saqlanish.
- Ratsional ovqatlanish qoidalariga amal qilish.
- Zararli odatlar(ichish,chekish va h.k.)ga yaqin yo’lamaslik.
- Agarda sizda yuqoriroqda sanalgan xavf omillaridan biri yoki bir qanchasi mavjud bo’lsa , muntazam ravishda qon bosimingizni o’lchatib yurishingiz agar qon bosimi oshgan bo’lsa darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
Shu o’rinda xalq orasida ko’p uvhraydigan savollar va ularga javob berishni ma’qul deb topdik .
Savol:
Meni qon bosimim doim 140 /90 mm.sim.ust.da yuradi ,lekin meni hech qanday shikoyatlar bezovta qilmaydi , men shu holatdaham dori ichib yurishim kerakmi?
Javob:
Ha albatta , qachonki qon bosimining sistolik(yuqorisi) 140 mm.sim.ust.dan diastolik(pasti)90 mm.sim.ust. dan yuqori yoki teng bo’lsa , siz albatta shifokorga murojaat qilishingiz va kerakli dorini ichib yurishingiz kerak , chunki yuqori qon bosimi sizni hech qanday bezovta qilmagan holatda ichki a’zolaringizni zararlashi mumkin.
Savol:
Yuqori qon bosimi bor inson doimiy ravishda dori ichib yurishi kerakmi?
Javob:
Ha albatta , chunki siz qon bosimingiz qachon,qaysi paytda ,qanday holatda ko’tarilishini bilmaysiz. Siz ichib yuradigan dori qon bosimingizni doimiy bir-xil me’yorda yurishini ta’minlaydi.
Savol:
Qon bosimiga doimiy dori ichib yurilsa , qon bosimi tushib ketmaydimi?
Javob:
Yo’q, agar siz malakali shifokorga ko’rinsangiz va u shifokor sizga mos dorini yetarli dozada tanlab yozib bersa, qon bosimingiz tushib ketmaydi.
Sizda yuqori qon bosimi bormi ? infarkt yoki insult bo’lishni xohlamasangiz darhol shifokorga murojaat qiling
Bizning shifoxonamizda ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan malakali shifokorlar bo’lib, ular sizdagi yuqori qon bosimini normal me’yorda ushlab yurishingizga ,hamda infarkt yoki insult kabi xavfli asoratlarga chalinishingizni oldini olishga yordam beradilar.Xususan kardiolog shifokorimiz Madaliyev Akbar A’zamovich, terapevt –kardiolog shifokorimiz O’sarov Muzaffar Xudoyberdiyevichlar ko’p yillar davomida gipertoniya kasalligi bilan kasalllangan bemorlarni davolab kelmoqdalar . Ular, hatto qon bosimi 180 -220 gacha bo’lgan bemorlarni samarali davolab sog’lom hayot tarziga qaytishlariga sababchi bo’lmoqdalar .
Agar sizda yoki yaqinlaringizda yuqori qon bosimi bo’lsa darhol bizning shifoxonaga murojaat qiling : +998712002303; +998995570303 yoki ko’rikga yoziling. Ko’rikga yozilish