Ikkala tizza nega qaqshab og‘riydi?

Ikkala tizza nega qaqshab og‘riydi?

Ikkala tizzaning qaqshab og‘rishi ko‘pincha katta yoshdagilarda va ayollarda uchraydi. Buning asosiy sabablari — moddalar almashinuvining buzilishi, kalsiy tuzlarining to‘planishi, nam va sovuq joylarda uzoq ishlash, shuningdek lat yeyish yoki eski jarohatlardir.
Bu holatlarda bemorlar o‘tirib-turishda qiynaladi, uzoq yura olmaydi, ba’zan oqsoqlanib yuradi. Yurish paytida oyoqlar og‘irlashib borgandek bo‘ladi, chorrahada yoki chordanа qurib o‘tirganda uvishish seziladi, ayrim hollarda mushaklar tortishib qotib qoladi.
Ayniqsa ayollarda tizza og‘riqlari oyoqlardagi varikoz tomirlar, shish va sovuq tortish bilan birga kechishi mumkin. Ko‘pchilik bemorlar oyoqlariga issiq yoqqanini va issiqlik og‘riqni kamaytirishini aytadi. Ammo varikoz va shish bo‘lsa, issiqlik muolajalari tavsiya etilmaydi.
Bunday holatda bemor albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerak. Tizzalar rentgen orqali tekshiriladi, qon tahlillari qilinadi. Ko‘p hollarda kompyuter tomografiya talab etilmaydi. Agar tekshiruvlar jiddiy muammo ko‘rsatmasa, shifokor tavsiyasiga ko‘ra sanatoriy muolajalari, issiq qum, radon yoki oltingugurt vannalari foyda berishi mumkin.
Keksayganda tizza og‘riqlarini kamaytirish uchun yoshligidan sport bilan shug‘ullanish, vaznni nazorat qilish va faol turmush tarziga amal qilish muhim.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan