Insult bilan asosan katta yoshdagilar kasallanadi deyishadi. Shu to‘g‘rimi?
Ha, insult asosan katta yoshdagilarda ko‘proq uchraydi. Yosh o‘tishi bilan qon tomirlari elastikligini yo‘qotadi, qon bosimi oshadi va surunkali kasalliklar ko‘payadi — bularning barchasi insult xavfini oshiradi.
Biroq so‘nggi yillarda insultning “yoshargani” jiddiy tashvish uyg‘otmoqda. Hozirgi kunda 30–40 yoshdagi odamlarda ham insult holatlari uchramoqda. Statistikaga ko‘ra, har beshinchi insult (taxminan 20%) 50 yoshga yetmaganlarda kuzatiladi. Eng xavotirli tomoni shundaki, yoshlarda ko‘pincha eng og‘ir turi — miya qon quyilishi (gemorragik insult) rivojlanadi.
Yosh oshgani sari insult xavfi ortib boradi, ammo rivojlangan davlatlarda bu kasallik kamroq uchraydi. Bunga sabab — aholining sog‘lom turmush tarziga amal qilishi, qon bosimi, qandli diabet va xolesterinni nazorat qilishi hamda tibbiy ko‘riklardan muntazam o‘tishidir.
Agar insultga xos belgilar — to‘satdan holsizlik, nutqning buzilishi, yuzning qiyshayishi yoki qo‘l-oyoqning uvishishi paydo bo‘lsa, darhol tez yordam chaqirish va keyinchalik nevropatologga murojaat qilish hayotni saqlab qolishda hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish
bbg
m