Kam uxlash organizmga qanday ta’sir qiladi?

Kam uxlash organizmga qanday ta’sir qiladi?

Buyuk tabib Ibn Sino aytganidek, inson miyasi uchun eng kuchli davo — bu uyqu. Haqiqatan ham, kam uxlash yoki umuman uxlamay ishlash insonning aqliy va ruhiy faoliyatini asta-sekin susaytiradi. Uxlash yetarli bo‘lmaganda miyaning dam olishi buziladi va bu ish unumdorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Kam uxlovchi odam tashqi tomondan hushyor ko‘rinsa ham, eshitgan ma’lumotini to‘liq qabul qilolmaydi, fikrlashi sekinlashadi, yangi g‘oyalar paydo bo‘lmaydi yoki mavjud rejalarni amalga oshirish qiyinlashadi. Bunday insonlar tez jahli chiqadigan, asabiy va atrofdagilarga nisbatan qo‘pol bo‘lib qolishadi. Ish joyida kofe yoki energetik ichimliklar bilan o‘zini tetik tutishga urinish esa miya va yurak faoliyatiga yanada zarar yetkazadi.
Ayniqsa, 40 yoshdan oshgan insonlar kuniga 6 soatdan kam uxlasa, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfi sezilarli darajada oshadi. Kam uyqu uzoq davom etsa, xotira pasayishi, diqqat susayishi va surunkali charchoq yuzaga keladi.
Ba’zi odamlar deyarli uxlamasdan ham tetik yurishini aytishadi. Haqiqatan, bunday insonlar mavjud, biroq bu holat genetik jihatdan juda kam uchraydi. Ular “quyoshli odamlar” deb ataladi va million kishidan bittasida uchraydi. Aksariyat odamlar uchun esa kam uxlash jiddiy sog‘liq muammolariga olib keladi.
Kimga murojaat qilish kerak? Agar kam uxlash uzoq davom etsa, holsizlik, asabiylik va ish unumdorligi pasaysa, nevropatolog, psixologa murojaat qilish tavsiya etiladi.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan