Meningit nima?
Meningit — bu bosh miya pardalarining o‘tkir yallig‘lanishi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Kasallik ayniqsa bolalarda og‘ir kechishi mumkin, kattalarda esa nisbatan yengilroq o‘tadi. Meningit turli viruslar va bakteriyalar sababli rivojlanadi va tezkor tibbiy yordamni talab qiladi.
Meningitning asosiy belgilari — to‘satdan yuqori isitma (40°C gacha), kuchli bosh og‘riq, ketma-ket qusish, holsizlik, ba’zan hushdan ketish, tana toshmalari va tutqanoq xurujlaridir. Bunday alomatlar paydo bo‘lsa, darhol tez yordam chaqirish va bemorni shifoxonaga olib borish shart, uyda qoldirish mutlaqo mumkin emas.
Davolash yuqumli kasalliklar shifoxonasida olib boriladi. Agar bemor o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilsa, ko‘pincha 10 kun ichida sog‘ayib ketadi. Davolash kechiksa yoki kasallik og‘ir kechsa, asoratlar qolishi mumkin.
Meningitni aniqlashda orqa miya suyuqligini tekshirish (punktsiya) juda muhim bo‘lib, bu tekshiruv miyaning ichki bosimini kamaytiradi va og‘ir asoratlarning oldini oladi. Kasallikdan keyin bola nevropatolog nazoratida bo‘lishi kerak, davolash va kuzatuv rejasi individual tarzda belgilanadi.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish