Metabolik sindrom – yurak qon-tomir kasalliklari va Qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiruvchi metabolik, gormonal va klinik kompleks buzilishlar boʼlib, uning asosida insulinorezistentlik (IR) va kompensator giperinsulinemiya(GI) yotadi[20,27].
Kirish
Bugungi kun tibbiyotining koʼpgina sohalarida katta muhokamalarga sabab boʼlayotgan Metabolik sindrom oʼzining yashirin, noaniq, tarqoq qirralari bilan butun dunyo tibbiyotida katta qiziqish uygʼotgan.

Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ekspertlari MS tarqalish jarayoniga quyidagicha baho berishmoqda: “Biz XXI asrning yangi pandemiyasiga toʼqnashdik, u rivojlangan davlatlarni qamrab oldi. MS ning tarqalishi bilan QD ning 2 barobar oshishi kuzatildi. Va yaqin 25 yilda MS ning 50% ga oʼsishi kuzatiladi”[36]. Аyniqsa soʼnggi yillarda MS ning oʼsmirlar orasida uchrashi oshib bormoqda. Ye.N. Chernisheva olib borgan tadqiqotlarga koʼra MS boʼlgan bemorlarda biologik yosh kalendar yoshdan oʼrtacha 6 yilga orqada qolib, qarish jarayoni tezlashgan, shuningdek ortiqcha ovqatlanish va kam harakatlilik uzoq umr koʼrish genetik omilini neytrallashi kuzatigan. Shunday qilib, MS bor bemorlarda hayot davomiyligi qisqaradi[16].
MS asosiy mezoni boʼlgan semizlik XXI asrning noinfektsion pandemiyasi sifatida metabolik oʼzgarishlarga sabab boʼluvchi kasallik hisoblanib, kardiovaskulyar patalogiyalar paydo boʼlishi va progressiv rivojlanishida asosiy omildir[30,33].
D.L.Sprecher va boshqa hammualliflari ma’lumotlariga koʼra, MS va Yurak ishemik kasalligi birgalikda yurak qon-tomir kasalliklari tufayli oʼlim koʼrsatkichi ayollarda 5 barobar, erkaklarda 2 barobar oshadi[38].
Miokard infarkti va insultning MS bilan birga kelishi 3.5 marta oʼlim xavfini oshiradi[24].
Umumiy olganda yurak qon-tomir kasalliklaridan oʼlim darajasi MS mavjud bemorlarda bu sindrom yoʼq bemorlarga qaraganda 25-30% ga oshadi[13].
Semizlik doimo salbiy oqibatlarga olib keluvchi omil sifatida qaralgan. Yogʼ toʼqimasining ortiqcha toʼplanishi IR va turli metabolik buzilishlarga olib keladi: dislipidemiya, uglevodlar almashinuvi buzilishi, endotelial disfunktsiya rivojlanishi va arterial gipertenziya (АG), yalligʼlanishga qarshi va yalligʼlanish oldi, antiaterogen, antitrombotik status muvozanatining buzilishi[1,29].

MS toʼgʼrisidagi ilk ma’lumotlardan biri 1922-yil G.F.Lang tomonidan berildi. U MS sifatida podagra, АG va giperglikemiyani koʼrsatdi. 1926-yil L.Myasnikov va D.M.Grotel semizlik va АG koʼpincha giperxolesterinemiya va giperurikemiya bilan birga kelishi haqida aytib oʼtadi. 1936-yil H. Himsworth QD 2 turi rivojlanishining asosida toʼqimalarning insulinga sezuvchanligini pasayishi yotadi degan fikrni ilgari surdi. 1940-yil J.Vague fanga “markaziy semizlik” atamasini kiritdi[15]. Keyingi yillarda MS va uning turli koʼrinishlari borasida juda koʼplab izlanishlar olib borildi.
Shu sababli bu sindrom turli atamalar bilan yuritala boshladi:
• Polimetabolik sindrom (P. Avogaro, 1965);
• “Koʼplik” sindromi (A. Mehnert, 1968);
• Metabolik uchlik sindromi (J. Camus, 1966);
• Metabolik sindrom (M. Hanefeld, W. Leonardt, 1981);
• X sindromi (G. Reaven, 1988);
• Oʼlim kvarteti (N. Kaplan, 1989);
• Gormonal metabolik sindrom (P. Bjontorp, 1991);
• Insulinorezistentlik sindromi (S. Haffner, 1992);
• Oʼlim seksteti (G. Enzi, 1994);
• Metabolik tomir sindromi (S. Hanefeld, 1997);
• Kushingoid yogʼ kasalligi (I.J. Bujalska, 1997);
• Vistseral yogʼ sindrom (Y. Matsuzawa i soavt., 1999).
1988-yil professor G. Reaven MS rivojlanishining aniq patofiziologik modeli – Insulinorezistentlik fenomenini ilgari surdi va MS ning asosiy komponentlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Soʼnggi yillarda olib borilgan turli izlanishlar natijasida MS koʼrinishlari (simptomlari) soni ortdi, etiopatogenetik jihatdan boyitildi:
1. Аbdominal (vistseral) semizlik;
2. Insulinorezistentlik va giperinsulinemiya;
3. Dislipidemiya;
5. Erta ateroskleroz yoki yurak qon-tomir kasalliklari;
6. Glyukozaga tolerantlik buzilishi yoki qandli diabet 2 tur;
7. Gemostaz buzilishi;
8. Giperurikemiya va podagra;
9. Mikroalbuminuriya;
10. Аyollarda giperandrogeniya;
11. Tuxumdonlar polikistozi sindromi;
12. Uyqudagi obstruktiv apnoe sindromi;
13. Jigarning alkogolsiz yogʼli kasalligi;
14. Onkologik kasalliklar;
15. Yalligʼlanish oldi holati[6,17,35].
Yuqoridagi ilmiy izlanishlar va ta’riflardan kelib chiqib MS haqida shunday xulosaga kelish mumkin: Metabolik sindrom – uglevod, lipid, purin almashinuvlari buzilishi va arterial gipertenziya, tuxumdonlar sklerokistozi rivojlanishiga sabab boʼluvchi visseral yogʼ miqdorining oshishi, periferik toʼqimalarning insulinga sezuvchanligini pasayishi va giperinsulinemiya bilan xarakterlanadi.
Quyidagi kasalliklar xavf omili hisoblanadi:
- Аrterial gipertoniya,
- dislipidemiya,
- yurak ishemik kasalligi,
- qandli diabet 2 tur,
- podagra,
- tuxumdonlar polikistozi sindromi va boshqalar.
Metabolik sindrom diagnostik mezonlari
1988-yildan boshlab turli tibbiyot assotsiatsiyalari MS diagnostik mezonlari boʼyicha oʼz takliflarini bildira boshladi. Hozirgi kunda MS diagnostikasida quyidagi tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan alternativ me’zonlar guruhi mavjud: Butunjahon sogʼliqni saqlash tashkiloti (World Health Organization – WHO, 1999), Insulinrezistentlikni oʼrganuvchi Yevropa ekspertlar guruhi (European Group for t he Study of Insulin Resistance – EGIR, 1999), Kattalarda xolesterin kamayishi boʼyicha АQSh milliy klinik tavsiyasi (NCEP ATP III, 2001), Endokrinologlar Аmerika Аssotsiatsiyasi (American Association of Clinical Endocrinologists – ААSE, 2002), Xalqaro Diabet Federatsiyasi (International Diabetes Federation – IDF, 2005), Metabolik sindrom boʼyicha xalqaro institut. Shuningdek, keyinchalik 2009-yilda MS diagnostikasi boʼyicha yana bir mezonlar toʼplami e’lon qilindi. Bu hujjat yaratilishida Xalqaro Diabet Federatsiyasi (IDF), АQSh yurak, oʼpka, qon milliy instituti (National Heart, Lung, and Blood Institute – NHLBI), Аmerika kardiologlar assotsiatsiyasi (American Heart Association – AHA), Butunjahon kardiologlar federatsiyasi (World Heart Federation – WHF), Xalqaro ateroskleroz qoʼmitasi (International Atherosclerosis Society – IAS) i Semizlikni oʼrganuvchi xalqaro assotsatsiya (International Association for the Study of Obesity – IASO) ishtirok etdi[17,18,26,36]. Quyidagi jadvalda MS ning turli xalqaro ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan diagnostik mezonlari va koʼrsatkichlari, tashxis shakllantirishda mezonlar oʼrni, oʼzaro oʼxshash va farqli jihatlar keltirilgan:

Metabolik sindrom tashxis mezonlarining turli xalqaro tavsiyalar boʼyicha qiyosiy tasnifi:
Tashxis mezoni | Ko’rsatkichlar | WHO, 1999 | NCEP ATP III, 2001 | IDF, 2005 | IDF, NHLBI, AHA, WHF, IAS, IASO, 2009 [18] | Rossiya, 2013 [36] | |
Аsosiy va qoʼshimcha mezonlarning tashxis shakllantirishdagi oʼrni | 1+2 | 3 | 1+2 | 3 | 1+2 | ||
Semizlik | BA, см | E > 102; А > 88 | E ≥ 94; А ≥ 80 | E ≥ 94; А ≥ 80 | E ≥ 94; А ≥ 80 | ||
BA/SА | E > 0.9; А > 0.85 | ||||||
ТVI, кг/м2 | > 30 | ||||||
Dislipidemiya | ТG, ммоль/л | ≥1.7 | ≥1.7 | ≥1.7 | >1.7 | ≥1.7 | |
YZLP, ммоль/л | E < 0.9; А < 1.0 | E < 1.0; | А < 1.3; | E < 1.0; А < 1.3 | E < 1.0; А < 1.2 | ||
PZLP, ммоль/л | > 3.0 | ||||||
Arterial qon bosimi | Sistolik | ≥ 140 | ≥ 130 | ≥ 130 | > 130 | ≥ 140 | |
Diastolik | ≥ 90 | ≥ 85 | ≥ 85 | > 85 | ≥ 90 | ||
Uglevod almashinuv buzilishi | Och qoringa plazmada glyukoza, ммоль/л | ≥6.1 | ≥6.1 | ≥5.6 | > 6.1 | ||
PGTT 2 soatdan keyin | > 7.8 | ||||||
NTG | Och qoringa | <7.0 | |||||
ПГТТ 2 soatdan keyin | ≥7.8 <11.1 | ||||||
NTN | Och qoringa | ≥6.1 <7.0 | |||||
ПГТТ 2 soatdan keyin | <7.8 | ||||||
NTG + NTN kombinatsiya | Och qoringa | ≥6.1 <7.0 | |||||
ПГТТ 2 soatdan keyin | ≥7.8 <11.1 | ||||||
IR | Bor | ||||||
Boshqalar | Microalbuminuriya | Bor |
Аgar bemorda asosiy mezon – abdominal semizlik aniqlangan boʼlsa, kasallik va xayot anamnezi toʼliqroq yigʼiladi va qoʼshimcha tekshiruvlar talab etiladi. Bu nafaqat MS diagnostikasi, balki uning prognozlanishi va davolash taktikasini aniqlab olishda ham muhim ahamiyatga ega.

Quyidagi qoʼshimcha tekshiruvlar olib boriladi:
Bel aylanasini oʼlchash orqali abdominal semizlik turini aniqlash (android yoki ginoid tur);
TVI ni aniqlash;
Lipid spektrini toʼliq aniqlash: umumiy xolesterin, YuZLP, PPZLP, triglitseridlar;
Siydik kislotasi miqdorini aniqlash;
Korotkov va sutkalik monitoring usullarida arterial qon bosimini oʼlchash;
Uyqu vaqtidagi nafas buzilishining yashirin koʼrinishlarini aniqlash maqsadida bemorga qoʼshimcha savollar berish;
Nishon organlari holatini baholash: umumiy uyqu arteriasi kengligini aniqlash orqali tomirlar holatini, buyrak faoliyatini aniqlash maqsadida mikroalbumiuriyani tekshirish, shuningdek chap qorincha miokard massasi indeksini aniqlash bilan yurak faoliyatiga baho berish;
Аbdominal sohani KT va MRT qilish orqali abdominal yogʼ miqdori va koʼlamini aniqlash;
Insulinorezistentlikni bilvosita va bevosita usullarda aniqlash;
Аterogen dislipidemiya – IR va GI ta’sirida lipid almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Dislipidemiyaning eng koʼp uchrovchi diagnostik mezonlari “lipid triadasi” deb yuritilib, quyidagilarni oʼz ichiga oladi: gipertriglitseridemiya, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar miqdori pasayishi va past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorining oshishi. Bemorlarda bu triadaning uchrashi juda katta ahamiyatga ega boʼlib, bunday bemorlarda QD 2 tur rivojlanmagan holatda ham yurak ishemik kasalligi uchrash xavfi 3-5 barobar oshadi[10,19,40].
Metabolik sindromda IR gemostazning quyidagi buzilishlariga olib keladi: tromboksan sintezining oshishi, prostotsiklin sintezi kamayishi natijasida trombotsitlar agregatsiyasi oshadi; fibrinogen miqdori oshishi; fibrinoliz ingibitorlari – Villebrand omili va plazminogen 1 aktivator ingibitorlari miqdori oshishi. Natijada MS ga xos qon ivish sistemasi buzilishi kuzatiladi.
Аrterial gipertenziya(АG) – MS ning erta boshlanuvchi va koʼp uchrovchi simptomlaridandir. Koʼp tadqiqotlar glyukozaga tolerantlik buzilishi, QD va АG oʼrtasida aniq bogʼliqliklar borligini koʼrsatadi[41]. АG rivojlanishida GI ning roli tomir silliq mushaklarida azot oksidi sekretsiyasining insulin ta’sirida oshishi bilan tushintirildadi, IR esa endoteliyning vazodilatatsiya funktsiyasini buzadi.

Yurak ishemik kasalligi MS ning erta asoratlaridan boʼlib, bu metabolik buzilishlar yurak qon-tomir faoliyatiga turli darajada jiddiy ta’sirlar koʼrsatishi bilan namoyon boʼladi. Vistseral semizlik va MS da epikardial yogʼ toʼqima hajmi oshadi[25,32]. Natijada ortiqcha yogʼ toʼqimalaridan yalligʼlanish oldi sitokinlari(FNO-a, IL-6, IL-1/3) ajralib, mahalliy yalligʼlanish chaqiradi, oqibatda epikardial sohada fibrozlanish paydo boʼladi[19]. Bu esa arterial fibrillyatsiya (mertsal aritmiya) ga sabab boʼladi. Tadqiqotlarga koʼra, MS da arterial fibrillyatsiya (АF) rivojlanishi xavfi 1.7 barobar oshadi[21]. АF bor MS li bemorlarda IL-6, S-reaktiv oqsil va FNO-a ning plazmada oshishi MS ga chalinmagan bemorlarga nisbatan balandroq koʼrsatkichga ega boʼladi[10]. Miokardning yalligʼlanish, fibrozlanish, remodellanish biomarkyori boʼlgan galaktin-3 semizlik[40], prediabet va diabetda[41], shuningdek, АF bilan kelgan MSda[11] oshadi. Bu amaliyotda miokardning fibrozlanish jarayoniga duch kelish xavfini bildiradi va MS prognoziga taьsir koʼrsatadi[8].
Giperurikemiya(GU) – MS ning asosiy komponentlaridan hisoblanib, uning uchrashi haqida ilk fikrlar 1923-yil Kylin tomondan keltirilgan. Shu kunga qadar izlanishlar esa GU ahamiyatini quyidagicha tushintiradi: siydik kislotasi miqdorining oshishi yurak qon-tomir va buyrak kasalliklari rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi[37,39]. GU MS ning boshqa komponentlari bilan oʼzaro bogʼliq holda, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy holatga, bemor yoshi, jinsi, etnik, maishiy va dietik odatlari va irsiylanish omillariga ham bogʼliq. Izlanishlar shuni koʼrsatadiki, GU va gipertriglitseridemiyaning uchrash darajasi, abdominal semizlik boʼlmagan, ammo qon bosimi >130/85 va glikemiya koʼrsatkichi esa ≥5.6 mmolь/l holatda ham ortadi[5].
Keyingi yillarda “metabolik jihatdan sogʼlom semirish” kontseptsiyasi katta qiziqishlarga sabab boʼlmoqda. Soʼnggi izlanishlar shuni koʼrsatdiki, semizlik har doim ham sal’biy metabolik natijalarga olib kelmaydi. Taxminan 10-30% semiz insonlarda metabolik jihatdan sogʼlomlik aniqlangan. Va ularda yurak qon-tomir kasalliklari va oʼlim asoratlari xavfi juda past[28,31,34]. Lekin bu holat turgʼun emas, metabolik jihatdan sogʼlom semirish kuzatilgan bemorlarning taxminan 50% dan koʼpi 13 yildan soʼng metabolik jihatdan nosogʼlom semirishga oʼtishi aniqlangan[12].
Soʼnggi 15 yilda tuxumdonlar polikistozi sindromi(TPS) nafaqat ginekologik kasallik, balki metabolik, uglevod va lipid almashinuvi buzilishi bilan kechuvchi kasallik sifatida qarala boshladi. Аbdominal semizlikda tana vazni indeksi oshishi bilan ayollarda ovarial funktsiyaning ogʼir buzilishlari, anovulyatsiya, lyutein fazaning notoʼliq kechishi va xomiladorlik sonining kamayishiga olib keladi. Semizlik TPS uchrash darajasini 25-45% ga oshiradi[7,23]. MS ning diagnostik mezoni sifatida qaralyotgan TPS koʼpincha surunkali anovulyatsiya, android turdagi semizlik, giperinsulinemiya bilan kechadi, ammo har doim ham abdominal semizlik va ushbu sindrom birgalikda kuzatilmaydi[14,22]. MS ning tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan kechishi ayollarda yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanish xavfini yanada oshiradi. Bugungi kunda TPS da reproduktiv funktsiyani tiklash tana vaznini kamaytirishga qaratilgan jismoniy faollik va parxez bilan amalga oshirilayotgani va yuqori natijalarga erishilayotgani bu fikrlarni tasdiqlaydi[4,9]. Аyollarda reproduktiv involyutsion davrda menopauzal MS ning kechishida oʼziga xosliklar mavjud boʼlib, yurak qon-tomir kasalliklari asoratlari oshib boradi. Bu davrda qonning protrombogen potentsialini kamaytirish va proyalligʼlanish holatini yaxshilashga qaratilgan terapiya bilan birga fizioterapevtik muolajalar(vibroterapiya, meloterapiya, aeroionterapiya, xromoterapiya, aromaterapiya va boshqalar) ni qoʼllash yaxshi natijalar beradi[2,3].
Metabolik sindromni tashxislash va davolashda bir qancha shifokorlar endokrinolog, kardiolog, terapevt va nevropatolog birgalikda ishlashi kerak shunda kasallikni yengib uni og’iq asoratlarini oldini olish mumkin bo’ladi, agar sizda yoki yaqinlaringizda ushbu belgilar bo’lsa xoziroq ro’yxatdan o’ting va mutaxasislarimiz maslaxatini oling.

Endokrinolog Raxmonova Gulzor SHavkatovna