
Neyropsixologiya
Neyropsixologiya — bu psixologiya va nevrologiyaning kesishmasida joylashgan fanlararo ilmiy yoʻnalish boʻlib , miyaning tuzilishi va faoliyati bilan tirik mavjudotlarning ruhiy jarayonlari va xatti-harakatlari oʻrtasidagi munosabatlarni tushunishga qaratilgan.
Esonturdiyev Mirsaid Qo’ldoshevich – nevropatolog, neyropsixolog shifokor bir necha yillar professor Zarifboy Ibodullayevich va Saidvaliyev Farrux Saidakromovich bilan birgalikda ustoz shogirtlik ananalari asosida neyropsixologik va nevrologik kasalliklarni davolab kelgan xozirgi kunda Hilol Med klinikasida neyropsixologiya va nevrologiya jamoasida ishlab nevroz, depressiya, fobiya kabi neyropsixologik va nevrologik kasalliklarni davolab kelmoqda
Daminov Doniyor Shokirovich – 10 yillik tajribaga ega Nevropatolog shifokor bo’lib, 10 000 dan ortiq nevrologik bemorlarni samarali davolagan, og’ir va murakkab turdagi nevrologik kasalliklarga aniq tashxis qo’yish va samarali davo berishi orqali yuzlab yura olmay xarakati cheklangan bemorlar oyoqqa turishiga sababchi bo’lgan, hamda Parkinson kasalligi bo’yicha turkiya tajribasini o’rganib kelgan. Daminov Doniyor Shokirovich Professor Zarifboy Ibodullayevich va Professor Farrux Saidkaramovich kabi ustozlar bilan birga ishlashdan tashqari Nevrologiya yo’nalishdagi talabalarga ham ustozlik qilib kelmoqda.
Narxi
DAMINOV.D.SH
150.000 so’m
XAMIDOV.A.A
150.000 so’m
ESONTURDIYEV M.Q
150.000 so’m
ESHONQULOV .A.M
150.000 so’m
Мijozlarimizning fikri
Hilol Med klinikasida qabul juda yaxshi o‘tdi. Shifokorlar e’tiborli, muomala madaniyatli. Dori-darmonlar aniq tavsiya qilindi, muolaja boshlanganidan keyin o‘zimni ancha yaxshi his qildim.
Umidbek Sharipov
Doniyor Shokirovich va Begzod Khasanovich — haqiqiy mutaxassislar! Ularning yondashuvi professional, tashxis aniq, muolaja esa samarali bo‘ldi. Rahmat sizlarga!
Jasur Qodirov
Biz onamni davolatish uchun bir nechta joyga bordik, ammo natija bo‘lmadi. Hilol Med klinikasida esa shifokorlar aniq tashxis qo‘ydilar, kerakli davo choralarini belgiladilar. Endi onamning ahvoli ancha yaxshi.
Gulnora Rasulova
Neyropsixologiya bo‘limi miya faoliyati va psixikaning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish hamda miya bilan bog‘liq buzilishlar natijasida yuzaga kelgan xotira, diqqat, nutq, fikrlash, hissiy holat va xulqdagi o‘zgarishlarni aniqlash bilan shug‘ullanadi. Shifokor neyropsixolog bolalar hamda kattalar bilan ishlaydi.
Bolada nutqning kechikishi yoki to‘liq rivojlanmasligi kuzatilsa, diqqatni jamlashda yoki xotirani saqlashda qiyinchilik bo‘lsa, miya chayqalishi, insult yoki bosh miya shikastlanishidan keyin, hissiy beqarorlik, stress, xavotir yoki depressiya holatlari mavjud bo‘lsa, shuningdek o‘qish yoki ish jarayonida diqqat, motivatsiya va o‘zini boshqarish bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa, neyropsixolog maslahati zarur bo‘ladi.
Tekshiruv davomida mutaxassis maxsus testlar, suhbat va mashqlar orqali miyadagi funksional o‘zgarishlarni baholaydi. Bemorning yoshiga va shikoyatiga qarab testlar tanlanadi. Natijalarga asoslanib, individual tuzatish (korrektsiya) dasturi tuziladi.
Bolalar bilan ishlashda o‘yin shaklidagi maxsus mashqlar, motorika, xotira va nutqni rivojlantiruvchi treninglar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar 30–60 daqiqa davom etadi, kurs shaklida o‘tkazilishi mumkin (masalan, haftasiga 2–3 marta). Maqsad — bolaning kognitiv rivojlanishini va o‘qishdagi muvaffaqiyatini oshirish.
Albatta, ha. Neyropsixologik mashg‘ulotlar insultdan keyingi tiklanish, xotira yoki diqqat muammolari, stress, uyqu buzilishi, emotsional charchoq holatlarida katta yoshdagilar uchun ham samarali hisoblanadi. Mashg‘ulotlar individual dastur asosida o‘tkaziladi.
Ko’rikka yoziling