
Neyropsixologiya
Neyropsixologiya — bu psixologiya va nevrologiya kesishmasida joylashgan fanlararo ilmiy yo‘nalish bo‘lib, miyaning tuzilishi va faoliyati bilan insonning ruhiy jarayonlari va xatti-harakatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi. Neyropsixolog shifokor miya faoliyati bilan bog‘liq buzilishlar natijasida yuzaga keladigan xotira, diqqat, nutq, fikrlash va hissiy holatdagi o‘zgarishlarni aniqlash va tuzatish bilan shug‘ullanadi.
Narxi
DAMINOV.D.SH
150.000 so’m
XAMIDOV.A.A
150.000 so’m
ESONTURDIYEV M.Q
150.000 so’m
ESHONQULOV .A.M
150.000 so’m
Мijozlarimizning fikri
Hilol Med klinikasida qabul juda yaxshi o‘tdi. Shifokorlar e’tiborli, muomala madaniyatli. Dori-darmonlar aniq tavsiya qilindi, muolaja boshlanganidan keyin o‘zimni ancha yaxshi his qildim.
Umidbek Sharipov
Doniyor Shokirovich va Begzod Khasanovich — haqiqiy mutaxassislar! Ularning yondashuvi professional, tashxis aniq, muolaja esa samarali bo‘ldi. Rahmat sizlarga!
Jasur Qodirov
Biz onamni davolatish uchun bir nechta joyga bordik, ammo natija bo‘lmadi. Hilol Med klinikasida esa shifokorlar aniq tashxis qo‘ydilar, kerakli davo choralarini belgiladilar. Endi onamning ahvoli ancha yaxshi.
Gulnora Rasulova
Neyropsixologiya bo‘limi miya faoliyati va psixikaning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi hamda miya bilan bog‘liq buzilishlar natijasida yuzaga keladigan xotira buzilishi, diqqat buzilishi, nutq va fikrlash muammolarini aniqlaydi. Neyropsixolog qabulida bolalar va kattalarning kognitiv funksiyalari baholanadi va zarur hollarda tuzatish dasturi ishlab chiqiladi.
Agar bolada nutqning kechikishi, diqqatni jamlash qiyinligi yoki xotira bilan bog‘liq muammolar kuzatilsa, shuningdek miya chayqalishi, insultdan keyingi tiklanish, stress, xavotir yoki depressiya holatlari mavjud bo‘lsa neyropsixolog maslahatiga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Tekshiruv davomida neyropsixolog mutaxassis maxsus testlar, suhbat va mashqlar yordamida miyaning funksional faoliyatini baholaydi. Bemorning yoshi va shikoyatlariga qarab neyropsixologik diagnostika o‘tkaziladi. Natijalar asosida individual neyropsixologik korreksiya dasturi tuziladi.
Bolalar bilan ishlash jarayonida o‘yin shaklidagi mashqlar orqali motorika, xotira, diqqat va nutqni rivojlantirishga qaratilgan treninglar o‘tkaziladi. Bolalar neyropsixologi tomonidan mashg‘ulotlar 30–60 daqiqa davom etadi va kurs shaklida o‘tkazilishi mumkin.
Ha, neyropsixologik mashg‘ulotlar insultdan keyingi tiklanish, xotira va diqqat muammolari, stress, uyqu buzilishi hamda emotsional charchoq holatlarida ham samarali hisoblanadi. Mashg‘ulotlar individual dastur asosida tashkil etiladi.