Oligofreniya nima va u nima sababdan rivojlanadi?
Oligofreniya — bu bolalarda uchraydigan aqliy zaiflik bo‘lib, u bosh miyaning yetarli darajada rivojlanmasligi bilan bog‘liq. Ushbu holat bolaning fikrlashi, xotirasi, nutqi va o‘rganish qobiliyatining sust bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Oligofreniyaning asosiy sabablari quyidagilar: tug‘ruqning og‘ir kechishi, erta bolalik davrida o‘tkazilgan meningit, ensefalit, bosh miya jarohatlari, shuningdek qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh.
Bundan tashqari, homilador ayolning to‘yimli ovqatlanmasligi, ya’ni aminokislotalar, vitaminlar va minerallar yetishmasligi ham aqliy zaif bola tug‘ilish xavfini oshiradi. Homiladorlik davrida ayolning doimiy ruhiy bosim ostida bo‘lishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda esa kasallik sababini aniq aniqlash qiyin bo‘ladi.
Belgilari: Odatda aqliy zaiflik belgilari bola 2–3 yoshga yetganda sezila boshlaydi. Ota-onalar bolaning nutqi kech chiqayotganini, harakatlari sustligini, o‘yinchoqlarga qiziqmasligini payqashadi. Masalan, bola 3 yoshga yetgan bo‘lsa ham gapirmaydi yoki juda kam so‘z ishlatadi.
Ko‘pchilik bunday bolalar jismonan ham nimjon bo‘ladi. Oligofreniyaning og‘ir shakllarida bolaning boshi kichik, bo‘yni zaif bo‘lib, uni tik tutib o‘tira olmaydi.
Bola 5–6 yoshga yetganda muammo yanada yaqqol namoyon bo‘ladi: xatti-harakatlari 3–4 yoshli bolanikiga o‘xshaydi, ayrimlari juda injiq va yig‘loqi, boshqalari esa haddan tashqari sust bo‘ladi. Yengil shakllarda bola gapiradi, oddiy ishlarni bajaradi, biroq o‘qish, hisoblash va mantiqiy fikrlashda jiddiy qiyinchiliklar bo‘ladi. Shuning uchun ular ko‘pincha o‘zidan yosh bolalar bilan o‘ynashni afzal ko‘rishadi.
Tashxis qanday qo‘yiladi? Afsuski, ko‘p hollarda ota-onalar shifokorga bola maktab yoshiga yetgach murojaat qilishadi. Ko‘pincha muammo tarbiyachi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi tomonidan seziladi. Shu sababli bog‘cha va maktab psixologlari bolaning rivojlanishini muntazam baholab borishlari muhim.
Davolash mumkinmi? Bunday bola nevropatolog, neyropsixolog yoki tibbiy psixolog ko‘rigidan o‘tkaziladi. Davolash dori vositalari (glutamin kislotasi, letsitin, folat kislotasi, metionin, magniy va yod preparatlari), psixologik mashqlar va pedagogik usullar orqali olib boriladi.
Aqliy zaif bolalar uchun maxsus maktablar mavjud bo‘lib, u yerda pedagog va psixologlar bilan tizimli ish olib boriladi. Yaxshi natija olish uchun davolash bir necha yil talab etadi.
Eslab qoling: Bosh miyada aqliy jarayonlar aminokislotalarsiz to‘liq kechmaydi. Shu sababli bu dorilar shifokor belgilagan sxema asosida uzoq muddat qabul qilinadi va ular jigar uchun zararli emas.
Ayrim turdagi epilepsiyada ham vaqt o‘tib aqliy zaiflik rivojlanishi mumkin. Tutqanoq xurujlari tez-tez takrorlansa, bosh miyada muhim moddalar zaxirasi kamayadi. Shuning oldini olish uchun bunday bolalar ham albatta nevropatolog nazoratida bo‘lishi kerak.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish