Parkinsonizm nasldan-naslga o‘tadimi?
Parkinson kasalligi rivojlanishida nasliy omil muhim rol o‘ynashi mumkin, biroq bu kasallik to‘liq va majburiy tarzda farzandlarga o‘tadi degani emas. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, nasldan-naslga ko‘pincha kasallikning o‘zi emas, balki unga bo‘lgan moyillik o‘tadi.
Agar oilada Parkinson kasalligi bo‘lgan bo‘lsa, bu farzandlarda kasallik albatta paydo bo‘ladi degan xulosani bermaydi. Bunday hollarda kasallik rivojlanishi uchun tashqi salbiy omillar — bosh miya kasalliklari, zaharlanishlar, surunkali stress, ayrim infeksiyalar yoki yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shuning uchun nasliy moyilligi bo‘lgan odamlarda erta belgilarni e’tiborsiz qoldirmaslik, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va zarur hollarda nevropatologga murojaat qilish kasallikni erta aniqlash va nazorat qilishda muhimdir.
Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.
Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish