📌 Qandli Diabetda Parhez Qoidalari

Salomatligingizni saqlash va qondagi qand miqdorini nazorat qilish uchun parhez juda muhim. Quyidagi qoidalarni yodda tuting:

  1. 🕒 Muntazam ovqatlaning:
    • Har 3-4 soatda kichik porsiyalar bilan ovqatlaning.
    • Sekin hazm bo’ladigan uglevodlar tanlang (masalan, butun donli non, grechka, sabzavotlar).
  2. 🍎 Meva va Sabzavotlar:
    • Meva va sabzavotlarni kuniga kamida 5 marta iste’mol qiling.
    • Glyukozasi past bo‘lgan mevalarni tanlang (masalan, olma, kivi, shaftoli).
  3. 🚫 Shakar va Shirinliklardan Uzoq Turing:
    • Shakar, konfet, pirojniy va shirin ichimliklardan voz keching.
    • Shakar o’rnini bosuvchi mahsulotlardan foydalaning.
  4. 🥑 Foydali Moylar:
    • O’simlik yog’lari (zaytun, zig’ir yog’i) va yong’oqlarni o’rtacha miqdorda iste’mol qiling.
    • Qovurilgan va yog’li ovqatlardan saqlaning.
  5. 💧 Yetarlicha Suv Iste’mol Qiling:
    • Kuniga kamida 1,5-2 litr toza suv iching.
    • Shirin ichimliklar va meva sharbatlaridan uzoqroq turing.
  6. 🥦 Oqsilli Oziq-ovqatlar:
    • Tovuq go’shti, baliq, tuxum, va yengil pishloqlarni tanlang.
    • Yashil sabzavotlar va dukkakli mahsulotlar bilan boyitilgan taomlar tayyorlang.
  7. 📋 Oziq-ovqat Maxsulotlarini Ehtiyotkorlik Bilan Tanlang:
    • Mahsulotning glikemik indeksini tekshiring. (Tarkibida qancha shakar borligini)
    • Qand miqdori past bo‘lgan mahsulotlarni afzal ko‘ring.

Unutmang, sog’lom parhez — diabetni nazorat qilishning muhim qismi! Salomat bo’ling va o’z tanangizga g’amxo’rlik qiling! 🌿

☎️ Murojaat uchun: +998712002303

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Instagram | Telegram | Youtube | Tiktok | Lokatsiya | Sayt

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan