Ha, ayrim hollarda oddiy kuzatuv orqali buqoqni gumon qilish mumkin. Bu usullar faqat dastlabki baho bo‘lib, aniq tashxis faqat shifokor ko‘rigida va UZI orqali qo‘yiladi!
Uyda kuzatiladigan belgilari:
1. Bo‘yinda shish yoki tugunlarning ko‘rinishi
– Ayniqsa yutunayotganda pastga-yuqoriga harakat qilsa
2. Bo‘yinda siqilish, noqulaylik hissi
3. Yutish yoki nafas olishda qiyinchilik
4. Ovozning o‘zgarishi
5. Boshni orqaga engashtirib, bo‘yning pastki qismini ko‘zdan kechirish
– Asimmetriya-ikki tomon ikki xil, shish yoki g‘alati o’zgarish sezilsa, ehtiyot bo‘ling
Qo‘shimcha belgilar buqoq gormonlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
– Haddan tashqari terlash yoki sovuqqa toqat qilmaslik
– Ozib ketish yoki aksincha, ortiqcha vazn yig‘ish
– Yurak urishining tezlashuvi yoki sustlashuvi
– Asabiylik, charchoq, uyquchanlik
Eslatma:
Bu belgilar buqoq borligini gumon qilishga yordam beradi, ammo aniq tashxis faqat shifokor ko‘rigi + UZI + tahlillar bilan qo‘yiladi!
Hilol Med Centerda qalqonsimon bez bo‘yicha to‘liq tekshiruv mavjud:
– Qalqonsimon bez UZI
– Gormonal tahlillar (TTG, T3, T4, AT-TPO)
– Endokrinolog ko‘rigi
📞 +998 71 200 23 03
📍 Chilonzor, Katta Qo‘ni ko‘chasi, 13/1
🩺 Vaqtida aniqlang – og‘ir asoratlardan saqlaning!