
Revmatologiya
Revmatologiya — bu bo‘g‘imlar, mushaklar, suyaklar va ularga ta’sir qiluvchi surunkali yallig‘lanish kasalliklarini o‘rganadigan tibbiyot sohasi. Bu soha shifokorlari revmatologlar kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanadi.
Omonov Begzod Xasanovich – revmatolog, kardiorevmatolog shifokor, 10 yillik tajribaga ega, bir necha yillardan beri professor Xilola To’xtasinovna bilan bilan birgalikda ustoz shogirtlik ananalari asosida revmatologik, kardiorevmatologik, autoimmun tizimli kasalliklar revmatizm, tizimli qizil bo’richa, vaskulit, bexterov kasalligi, spondiloartrit, revmatoid artrit, podagra, sklerodermiya, artroz, artrit, reaktiv artrit va boshqa autoimmune tizimli kasalliklarni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va xozirgi kunda Hilol Med klinikasida eng yangi zamonaviy davolash usullarni qo’llagan xolda davolab kelmoqda.
Miraxmedova Xilola To’xtasinovna – revmatolog, terapevt. O’zbekiston Bosh Revmatologi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Terapiya kafedrasi bo’lim boshlig’i, 30 yillik tajribaga ega, bir necha yuzlab shogirtlar yetishtirib chiqargan.
50 000 dan oshiq revmatologik, kardiorevmatologik, autoimmun tizimli kasalliklar, terapevtik kasalliklar, revmatizm, tizimli qizil bo’richa, vaskulit, bexterov kasalligi, spondiloartrit, revmatoid artrit, podagra, sklerodermiya, artroz, artrit, reaktiv artrit va boshqa autoimmun tizimli kasalliklarni Toshkent Tibbiyot Akademiyasi va xozirgi kunda Hilol Med klinikasida eng yangi zamonaviy davolash usullarni qo’llagan xolda davolab kelmoqda.
Narxi
DAMINOV.D.SH
150.000 so’m
XAMIDOV.A.A
150.000 so’m
ESONTURDIYEV M.Q
150.000 so’m
ESHONQULOV .A.M
150.000 so’m
Мijozlarimizning fikri
Hilol Med klinikasida qabul juda yaxshi o‘tdi. Shifokorlar e’tiborli, muomala madaniyatli. Dori-darmonlar aniq tavsiya qilindi, muolaja boshlanganidan keyin o‘zimni ancha yaxshi his qildim.
Umidbek Sharipov
Doniyor Shokirovich va Begzod Khasanovich — haqiqiy mutaxassislar! Ularning yondashuvi professional, tashxis aniq, muolaja esa samarali bo‘ldi. Rahmat sizlarga
Jasur Qodirov
Biz onamni davolatish uchun bir nechta joyga bordik, ammo natija bo‘lmadi. Hilol Med klinikasida esa shifokorlar aniq tashxis qo‘ydilar, kerakli davo choralarini belgiladilar. Endi onamning ahvoli ancha yaxshi.
Gulnora Rasulova
Revmatalogiya bo‘limi bo‘g‘imlar, mushaklar va biriktiruvchi to‘qimalar kasalliklarini tashxislash va davolash bilan shug‘ullanadi — revmatizm, artritlar, osteoartrit, autoimmun kasalliklar (masalan, revmatoid artrit, lupus), yallig‘lanish jarayonlari.
Qabulga klinika telefon orqali yoki onlayn sayt orqali yozilish mumkin. Ish vaqti: Dushanba–Juma 08:00–20:00, Shanba–Yakshanba 08:00–17:00. Oldindan yozilish tavsiya etiladi.
Revmatalogik tekshiruvlar — qon tahlillari (yallig‘lanish belgilarini aniqlash, immunologik testlar), bo‘g‘im UZI, rentgen, MRI va boshqa instrumental tekshiruvlar. Tekshiruvlar bemorning holatiga qarab individual tayinlanadi.
Bo‘g‘imlarda doimiy og‘riq, shish, harakat cheklanishi, mushak yoki bo‘g‘imlarda yallig‘lanish, autoimmun kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar revmatolog maslahatiga murojaat qilishi kerak.
Ha, bo‘limda bo‘g‘imlar sog‘lomligini saqlash, surunkali yallig‘lanishlarni oldini olish, og‘riqni kamaytirish va kasalliklar rivojlanishini sekinlashtirish bo‘yicha maslahatlar beriladi.
Ko’rikka yoziling