main 1233
BEPUL KONSULTATSIYA + EKG
HAR JUMA

Terapiya

Terapiya — bu tibbiyotning ichki kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish bilan shug‘ullanuvchi sohasi. Terapevtlar bemorlarning umumiy sog‘lig‘ini baholaydi va ko‘plab turdagi kasalliklarni davolaydi.

Slide

Madaliyev Akbar A’zamovich –kardiolog, terapevt shifokor, 10 yillik tajribaga ega, 10 000 dan oshiq kardiologik, terapevtik, gepatologik, pulmonologik, nefrologik, gastroenterologik bemorlarni samarali davolagan. Xozirgi kunda Hilol Med klinikasida eng yangi zamonaviy davolash usullarni qo’llagan xolda davolab kelmoqda.

 Xamda ko’plab tibbiyot oliygohi talabalariga ustozlik qilib dars o’tib kelmoqda. 

Madaliyev Akbar A’zamovich endothelial disfunksiyaga doir magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan.

previous arrow
next arrow


Narxi

DAMINOV.D.SH

150.000 so’m

XAMIDOV.A.A

150.000 so’m

ESONTURDIYEV M.Q

150.000 so’m

ESHONQULOV .A.M

150.000 so’m

Мijozlarimizning fikri

Hilol Med klinikasida qabul juda yaxshi o‘tdi. Shifokorlar e’tiborli, muomala madaniyatli. Dori-darmonlar aniq tavsiya qilindi, muolaja boshlanganidan keyin o‘zimni ancha yaxshi his qildim.


Umidbek Sharipov

Doniyor Shokirovich va Begzod Khasanovich — haqiqiy mutaxassislar! Ularning yondashuvi professional, tashxis aniq, muolaja esa samarali bo‘ldi. Rahmat sizlarga!

 

Jasur Qodirov

Biz onamni davolatish  uchun bir nechta joyga bordik, ammo natija bo‘lmadi. Hilol Med klinikasida esa shifokorlar aniq tashxis qo‘ydilar, kerakli davo choralarini belgiladilar. Endi onamning ahvoli ancha yaxshi.

 

Gulnora Rasulova

Terapiya bo‘limida ichki a’zolar bilan bog‘liq kasalliklar tashxislanadi va davolanadi — yurak va qon tomir kasalliklari, gipertoniya, qandli diabet (endokrinolog bilan hamkorlikda), o‘pka, me’da-ichak tizimi kasalliklari, surunkali yallig‘lanish jarayonlari hamda yuqumli kasalliklar bilan shug‘ullaniladi.

Qabulga klinika telefon raqami orqali yoki sayt orqali onlayn yozilish mumkin. Ish vaqti odatda:
Dushanba–Juma — 08:00 dan 20:00 gacha,
Shanba–Yakshanba — 08:00 dan 17:00 gacha.
Ayniqsa birinchi marta keluvchilar uchun oldindan yozilish tavsiya etiladi.

Shifokor zaruratga qarab umumiy qon tahlili, biokimyo, EKG, rentgen yoki flyurografiya, qorin bo‘shlig‘i UZI, nafas tekshiruvi (spirometriya) kabi diagnostik tahlillarni tayinlashi mumkin. Tekshiruvlar ro‘yxati bemorning holatiga qarab individual tanlanadi.

Ha, terapiya bo‘limida profilaktik tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi, qon bosimi, xolesterin, qand miqdori kabi xavf omillari baholanadi. Shuningdek, kerak bo‘lsa, emlash ishlari amalga oshiriladi. Shifokor sog‘lom turmush tarzi va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Gipertoniya, surunkali o‘pka kasalliklari, qandli diabet kabi kasalliklarga chalingan bemorlar shifokor-terapevt tomonidan muntazam ravishda kuzatib boriladi. Qabul paytida davo rejasi qayta ko‘rib chiqiladi, kerakli dorilar yoziladi va qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘llanma beriladi. Agar ahvol yomonlashsa, darhol klinikaga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ko’rikka yoziling