Uyqu buzilishlarining sababi nima?

Uyqu buzilishlarining sababi nima?

Uyqu buzilishlarining sabablari ko‘p bo‘lib, amaliyotda eng ko‘p uchraydigan ikki turi mavjud: narkolepsiya va insomniya. Har ikkisi ham asab tizimi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z vaqtida aniqlanmasa, insonning ruhiy va jismoniy holatiga jiddiy ta’sir qiladi.
Narkolepsiya — bu haddan tashqari ko‘p uxlash bilan namoyon bo‘ladigan patologik holat. Bemor to‘satdan uyquga ketib, 2–3 kunlab yoki undan ham uzoq vaqt uyg‘onmasdan uxlashi mumkin. Bunday holatning asosiy sabablari — o‘tkir stress, ruhiy kasalliklar, ba’zan esa bosh miyaning yallig‘lanishlari (ensefalit) va bosh miya jarohatlaridir. Narkolepsiyada kunduzgi uyqu bosib ketishi, xotira buzilishi, alahsirash, ba’zan tutqanoq xurujlari ham kuzatiladi. Ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorni psixiatr davolaydi, tashxis aniq qo‘yilishi juda muhim.
Insomniya — bu uyquga ketolmaslik yoki yetarli uxlay olmaslik bilan kechadigan surunkali kasallik. U bilan aholining taxminan 10–20 foizi aziyat chekadi. Insomniya sabablari orasida stress, depressiya, nevroz, parkinsonizm, migren, ensefalit va bosh miya jarohatlari muhim o‘rin tutadi. Insomniyada bemor oylar, hatto yillar davomida uxlay olmaydi, biroq kundalik ish faoliyatini davom ettiraveradi.
Insomniyani davolashda avvalo sababni aniqlash, jismoniy faollikni oshirish, sport bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi. Agar uyqu dorilari qisqa muddatda samara bermasa, ularni to‘xtatish kerak. Bunday holatlarda nevropatolog yoki neyropsixologga murojaat qilish zarur.

Bemorni to‘liq tiklashga qaratilgan muhit – Hilol Med’da.

Joyingizni band qilish uchun xoziroq ro’yxatdan o’ting. Ro’yxatdan o’tish

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan