{"id":13500,"date":"2024-09-07T10:12:15","date_gmt":"2024-09-07T10:12:15","guid":{"rendered":"https:\/\/hilol-med.uz\/?p=13500"},"modified":"2024-10-15T08:00:05","modified_gmt":"2024-10-15T08:00:05","slug":"metabolik-sindrom-olim-kvarteti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/","title":{"rendered":"Metabolik sindrom &#8211; o&#8217;lim kvarteti"},"content":{"rendered":"\n<p><em>Metabolik sindrom &nbsp;\u2013 yurak qon-tomir kasalliklari va Qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiruvchi metabolik, gormonal va klinik kompleks buzilishlar bo\u02bclib, uning asosida insulinorezistentlik (IR) va kompensator giperinsulinemiya(GI) yotadi[20,27].<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Kirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kun tibbiyotining ko\u02bcpgina sohalarida katta muhokamalarga sabab bo\u02bclayotgan Metabolik sindrom o\u02bczining yashirin, noaniq, tarqoq qirralari bilan butun dunyo tibbiyotida katta qiziqish uyg\u02bcotgan.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img fetchpriority=\"high\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined-1024x683.webp\" alt=\"\" class=\"wp-image-13501\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined-1024x683.webp 1024w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined-300x200.webp 300w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined-768x512.webp 768w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined-370x247.webp 370w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/serious-overweight-hispanic-woman-with-her-hands-on-the-hips-looking-determined.webp 1200w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Butunjahon sog\u02bcliqni saqlash tashkiloti ekspertlari MS tarqalish jarayoniga quyidagicha baho berishmoqda: \u201cBiz XXI asrning yangi pandemiyasiga to\u02bcqnashdik, u rivojlangan davlatlarni qamrab oldi. MS ning tarqalishi bilan QD ning 2 barobar oshishi kuzatildi. Va yaqin 25 yilda MS ning 50% ga o\u02bcsishi kuzatiladi\u201d[36]. \u0410yniqsa so\u02bcnggi yillarda MS ning o\u02bcsmirlar orasida uchrashi oshib bormoqda. Ye.N. Chernisheva olib borgan tadqiqotlarga ko\u02bcra MS bo\u02bclgan bemorlarda biologik yosh kalendar yoshdan o\u02bcrtacha 6 yilga orqada qolib, qarish jarayoni tezlashgan, shuningdek ortiqcha ovqatlanish va kam harakatlilik uzoq umr ko\u02bcrish genetik omilini neytrallashi kuzatigan. <strong>Shunday qilib, MS bor bemorlarda hayot davomiyligi qisqaradi[16].<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; MS asosiy mezoni bo\u02bclgan semizlik XXI asrning noinfektsion pandemiyasi sifatida metabolik o\u02bczgarishlarga sabab bo\u02bcluvchi kasallik hisoblanib, kardiovaskulyar patalogiyalar paydo bo\u02bclishi va progressiv rivojlanishida asosiy omildir[30,33].<\/p>\n\n\n\n<p>D.L.Sprecher va boshqa hammualliflari ma\u2019lumotlariga ko\u02bcra, MS va Yurak ishemik kasalligi birgalikda yurak qon-tomir kasalliklari tufayli o\u02bclim ko\u02bcrsatkichi ayollarda 5 barobar, erkaklarda 2 barobar oshadi[38].<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/yurak-ishemik-kasalligi-nima\/\">Miokard infarkti<\/a> va insultning MS bilan birga kelishi 3.5 marta o\u02bclim xavfini oshiradi[24].<\/p>\n\n\n\n<p>Umumiy olganda yurak qon-tomir kasalliklaridan o\u02bclim darajasi MS mavjud bemorlarda bu sindrom yo\u02bcq bemorlarga qaraganda 25-30% ga oshadi[13].<\/p>\n\n\n\n<p>Semizlik doimo salbiy oqibatlarga olib keluvchi omil sifatida qaralgan. Yog\u02bc to\u02bcqimasining ortiqcha to\u02bcplanishi IR va turli metabolik buzilishlarga olib keladi: dislipidemiya, uglevodlar almashinuvi buzilishi, endotelial disfunktsiya rivojlanishi va arterial gipertenziya (\u0410G), yallig\u02bclanishga qarshi va yallig\u02bclanish oldi, antiaterogen, antitrombotik status muvozanatining buzilishi[1,29].<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-1024x683.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13507\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-300x200.jpg 300w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-768x512.jpg 768w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-2048x1365.jpg 2048w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7103-370x247.jpg 370w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; MS to\u02bcg\u02bcrisidagi ilk ma\u2019lumotlardan biri 1922-yil G.F.Lang tomonidan berildi. U MS sifatida podagra, \u0410G va giperglikemiyani ko\u02bcrsatdi. 1926-yil L.Myasnikov va D.M.Grotel semizlik va \u0410G ko\u02bcpincha giperxolesterinemiya va giperurikemiya bilan birga kelishi haqida aytib o\u02bctadi. 1936-yil H. Himsworth QD 2 turi rivojlanishining asosida to\u02bcqimalarning insulinga sezuvchanligini pasayishi yotadi degan fikrni ilgari surdi. 1940-yil J.Vague fanga \u201cmarkaziy semizlik\u201d atamasini kiritdi[15]. Keyingi yillarda MS va uning turli ko\u02bcrinishlari borasida juda ko\u02bcplab izlanishlar olib borildi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Shu sababli bu sindrom turli atamalar bilan yuritala boshladi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Polimetabolik sindrom (P. Avogaro, 1965);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; \u201cKo\u02bcplik\u201d sindromi (A. Mehnert, 1968);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Metabolik uchlik sindromi (J. Camus, 1966);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Metabolik sindrom (M. Hanefeld, W. Leonardt, 1981);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; X sindromi (G. Reaven, 1988);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; O\u02bclim kvarteti (N. Kaplan, 1989);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Gormonal metabolik sindrom (P. Bjontorp, 1991);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Insulinorezistentlik sindromi (S. Haffner, 1992);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; O\u02bclim seksteti (G. Enzi, 1994);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Metabolik tomir sindromi (S. Hanefeld, 1997);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Kushingoid yog\u02bc kasalligi (I.J. Bujalska, 1997);<\/p>\n\n\n\n<p>\u2022&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Vistseral yog\u02bc sindrom (Y. Matsuzawa i soavt., 1999).<\/p>\n\n\n\n<p>1988-yil professor G. Reaven MS rivojlanishining aniq patofiziologik modeli \u2013 Insulinorezistentlik fenomenini ilgari surdi va MS ning asosiy komponentlari haqida batafsil ma\u2019lumot berdi. So\u02bcnggi yillarda olib borilgan turli izlanishlar natijasida MS ko\u02bcrinishlari (simptomlari) soni ortdi, etiopatogenetik jihatdan boyitildi:<\/p>\n\n\n\n<p>1.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; \u0410bdominal (vistseral) semizlik;<\/p>\n\n\n\n<p>2.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Insulinorezistentlik va giperinsulinemiya;<\/p>\n\n\n\n<p>3.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Dislipidemiya;<\/p>\n\n\n\n<p>4.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 <a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/gipertoniya-kasalligi-sabablar-diagnostika-va-davolash-usullari\/\">\u0410rterial gipertenziya;<\/a><\/p>\n\n\n\n<p>5.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Erta ateroskleroz yoki yurak qon-tomir kasalliklari;<\/p>\n\n\n\n<p>6.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Glyukozaga tolerantlik buzilishi yoki qandli diabet 2 tur;<\/p>\n\n\n\n<p>7.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Gemostaz buzilishi;<\/p>\n\n\n\n<p>8.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Giperurikemiya va podagra;<\/p>\n\n\n\n<p>9.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Mikroalbuminuriya;<\/p>\n\n\n\n<p>10.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; \u0410yollarda giperandrogeniya;<\/p>\n\n\n\n<p>11.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Tuxumdonlar polikistozi sindromi;<\/p>\n\n\n\n<p>12.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Uyqudagi obstruktiv apnoe sindromi;<\/p>\n\n\n\n<p>13.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Jigarning alkogolsiz yog\u02bcli kasalligi;<\/p>\n\n\n\n<p>14.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Onkologik kasalliklar;<\/p>\n\n\n\n<p>15.&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Yallig\u02bclanish oldi holati[6,17,35].<\/p>\n\n\n\n<p>Yuqoridagi ilmiy izlanishlar va ta\u2019riflardan kelib chiqib MS haqida shunday xulosaga kelish mumkin: <em>Metabolik sindrom \u2013 uglevod, lipid, purin almashinuvlari buzilishi va arterial gipertenziya, tuxumdonlar sklerokistozi rivojlanishiga sabab bo\u02bcluvchi visseral yog\u02bc miqdorining oshishi, periferik to\u02bcqimalarning insulinga sezuvchanligini pasayishi va giperinsulinemiya bilan xarakterlanadi.<\/em><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Quyidagi kasalliklar xavf omili hisoblanadi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<ul class=\"wp-block-list\">\n<li><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/gipertoniya-kasalligi-sabablar-diagnostika-va-davolash-usullari\/\">\u0410rterial gipertoniya,<\/a><\/li>\n\n\n\n<li>dislipidemiya,<\/li>\n\n\n\n<li><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/yurak-ishemik-kasalligi-nima\/\">yurak ishemik kasalligi<\/a>,<\/li>\n\n\n\n<li>qandli diabet 2 tur,<\/li>\n\n\n\n<li>podagra,<\/li>\n\n\n\n<li>tuxumdonlar polikistozi sindromi va boshqalar.<\/li>\n<\/ul>\n\n\n\n<p><strong>Metabolik sindrom diagnostik mezonlari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>1988-yildan boshlab turli tibbiyot assotsiatsiyalari MS diagnostik mezonlari bo\u02bcyicha o\u02bcz takliflarini bildira boshladi. Hozirgi kunda MS diagnostikasida quyidagi tashkilotlar tomonidan ilgari surilgan alternativ me\u2019zonlar guruhi mavjud: Butunjahon sog\u02bcliqni saqlash tashkiloti (World Health Organization \u2013 WHO, 1999), Insulinrezistentlikni o\u02bcrganuvchi Yevropa ekspertlar guruhi (European Group for t he Study of Insulin Resistance \u2013 EGIR, 1999), Kattalarda xolesterin kamayishi bo\u02bcyicha \u0410QSh milliy klinik tavsiyasi (NCEP ATP III, 2001), Endokrinologlar \u0410merika \u0410ssotsiatsiyasi (American Association of Clinical Endocrinologists \u2013 \u0410\u0410SE, 2002), Xalqaro Diabet Federatsiyasi (International Diabetes Federation \u2013 IDF, 2005), Metabolik sindrom bo\u02bcyicha xalqaro institut. Shuningdek, keyinchalik 2009-yilda MS diagnostikasi bo\u02bcyicha yana bir mezonlar to\u02bcplami e\u2019lon qilindi. Bu hujjat yaratilishida Xalqaro Diabet Federatsiyasi (IDF), \u0410QSh yurak, o\u02bcpka, qon milliy instituti (National Heart, Lung, and Blood Institute \u2013 NHLBI), \u0410merika kardiologlar assotsiatsiyasi (American Heart Association \u2013 AHA), Butunjahon kardiologlar federatsiyasi (World Heart Federation \u2013 WHF), Xalqaro ateroskleroz qo\u02bcmitasi (International Atherosclerosis Society \u2013 IAS) i Semizlikni o\u02bcrganuvchi xalqaro assotsatsiya (International Association for the Study of Obesity \u2013 IASO) ishtirok etdi[17,18,26,36]. Quyidagi jadvalda MS ning turli xalqaro ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan diagnostik mezonlari va ko\u02bcrsatkichlari, tashxis shakllantirishda mezonlar o\u02bcrni, o\u02bczaro o\u02bcxshash va farqli jihatlar keltirilgan:<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img decoding=\"async\" width=\"600\" height=\"450\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13503\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg 600w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605-300x225.jpg 300w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605-370x278.jpg 370w\" sizes=\"(max-width: 600px) 100vw, 600px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"has-large-font-size\"><strong>Metabolik sindrom tashxis mezonlarining turli xalqaro tavsiyalar bo\u02bcyicha qiyosiy tasnifi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-table\"><table><tbody><tr><td><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>Tashxis mezoni<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong> <strong>Ko\u2019rsatkichlar<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>WHO, 1999<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>NCEP ATP III, 2001<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong> <strong>IDF, 2005<\/strong><\/td><td><strong>IDF,&nbsp; NHLBI,&nbsp; AHA,<\/strong> <strong>WHF, IAS,&nbsp;IASO, 2009<\/strong> <strong>[18]<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong> <strong>Rossiya<\/strong><strong>, 2013<\/strong> <strong>[36]<\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>\u0410sosiy va qo\u02bcshimcha mezonlarning tashxis shakllantirishdagi o\u02bcrni<\/strong><\/td><td><strong>1+2<\/strong><\/td><td><strong>3<\/strong><\/td><td><strong>1+2<\/strong><\/td><td><strong>3<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>1+2<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"3\"><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong> <strong>Semizlik<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>BA<\/strong><strong>, \u0441\u043c<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong> <\/strong><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>102<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>&gt;<\/strong><strong> 88<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong> &nbsp;<\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>94<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>80<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong> <\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>94<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> 80<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>E<\/strong><strong> <\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>94<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>\u2265<\/strong><strong> 80<\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>BA<\/strong><strong>\/<\/strong><strong>S<\/strong><strong>\u0410<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong> &gt; 0.9;<\/strong> <strong>\u0410 &gt; 0.85<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>\u0422<\/strong><strong>VI<\/strong><strong>, \u043a\u0433\/\u043c2<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> 30<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"3\"><strong>&nbsp;<\/strong> <strong>Dislipidemiya<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>\u0422<\/strong><strong>G<\/strong><strong>, \u043c\u043c\u043e\u043b\u044c\/\u043b<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>1.7<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>1.7<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>1.7<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong>1.7<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>\u2265<\/strong><strong>1.7<\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>YZLP<\/strong><strong>, \u043c\u043c\u043e\u043b\u044c\/\u043b<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong>&nbsp; <\/strong><strong>&lt; 0.9<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>&lt; 1.0<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong>&nbsp; <\/strong><strong>&lt; 1.0<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>\u0410&nbsp; <\/strong><strong>&lt; 1.3<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong>&nbsp; <\/strong><strong>&lt; 1.0<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>&lt; 1.3<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>E<\/strong><strong>&nbsp; <\/strong><strong>&lt; 1.0<\/strong><strong>;<\/strong> <strong>\u0410 <\/strong><strong>&lt; 1.2<\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>PZLP<\/strong><strong>, \u043c\u043c\u043e\u043b\u044c\/\u043b<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>3.0<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"2\"><strong><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/gipertoniya-kasalligi-sabablar-diagnostika-va-davolash-usullari\/\">Arterial qon bosimi<\/a><\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>Sistolik<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>140<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>130<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>130<\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>130<\/strong><strong><\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>140<\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>Diastolik<\/strong><strong> <\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>90<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>85<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>85<\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>85<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong> <\/strong><strong>90<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"9\"><strong>Uglevod almashinuv buzilishi<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>Och qoringa plazmada glyukoza<\/strong><strong>, \u043c\u043c\u043e\u043b\u044c\/\u043b<\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>6.1<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>6.1<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u2265<\/strong><strong>5.6<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>6.1<\/strong><strong><\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>PGTT<\/strong><strong>&nbsp; 2 <\/strong><strong>soatdan keyin<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&gt;<\/strong><strong> <\/strong><strong>7.8<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; <\/strong><strong>NTG<\/strong><\/td><td><strong>Och qoringa<\/strong><strong><\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>&lt;<\/strong><strong>7.0<\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>\u041f\u0413\u0422\u0422&nbsp; 2 <\/strong><strong>soatdan keyin<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u22657.8&nbsp; <\/strong><strong>&lt;<\/strong><strong>11.1 <\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; <\/strong><strong>NTN<\/strong><\/td><td><strong>Och qoringa<\/strong><strong><\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>\u22656.1&nbsp; <\/strong><strong>&lt;<\/strong><strong>7.0 <\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>\u041f\u0413\u0422\u0422&nbsp; <\/strong><strong>2 soatdan keyin<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; <\/strong><strong>&lt;<\/strong><strong>7.8<\/strong><\/td><\/tr><tr><td rowspan=\"2\"><strong>NTG<\/strong><strong> <\/strong><strong>+ <\/strong><strong>NTN<\/strong><strong> <\/strong><strong>kombinatsiya<\/strong><\/td><td><strong>Och qoringa<\/strong><strong><\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td rowspan=\"2\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>\u22656.1&nbsp; <\/strong><strong>&lt;<\/strong><strong>7.0<\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>\u041f\u0413\u0422\u0422&nbsp; 2 <\/strong><strong>soatdan keyin<\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>\u22657.8&nbsp; <\/strong><strong>&lt;<\/strong><strong>11.1<\/strong><strong><\/strong><\/td><\/tr><tr><td colspan=\"2\"><strong>IR<\/strong><\/td><td><strong>Bor<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><tr><td><strong>Boshqalar<\/strong><\/td><td colspan=\"2\"><strong>Microalbuminuriya<\/strong><\/td><td><strong>Bor<\/strong><strong> <\/strong><strong><\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><td class=\"has-text-align-left\" data-align=\"left\"><strong>&nbsp;<\/strong><\/td><\/tr><\/tbody><\/table><figcaption class=\"wp-element-caption\">B\u0410-bel aylanasi; S\u0410-son aylanasi; TVI-tana vazni indeksi; TG-triglitseridlar; YuZLP-yuqori zichlikdagi lipoproteidlar; PZLP-past zichlikdagi lipoproteidlar; IR-insulinorezistentlik; PGTT-peroral glyukozaga tolerantlik testi; NTG-glyukozaga tolerantlik buzilishi; NGN-och qoringa glyukoza buzilishi; E-erkak; \u0410-ayol.<\/figcaption><\/figure>\n\n\n\n<p class=\"has-small-font-size\"><\/p>\n\n\n\n<p><strong>\u0410gar bemorda asosiy mezon<\/strong> \u2013 abdominal semizlik aniqlangan bo\u02bclsa, kasallik va xayot anamnezi to\u02bcliqroq yig\u02bciladi va qo\u02bcshimcha tekshiruvlar talab etiladi. Bu nafaqat MS diagnostikasi, balki uning prognozlanishi va davolash taktikasini aniqlab olishda ham muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-1024x683.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13511\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-300x200.jpg 300w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-768x512.jpg 768w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-2048x1365.jpg 2048w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7024-370x247.jpg 370w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p><strong>Quyidagi qo\u02bcshimcha tekshiruvlar olib boriladi:<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Bel aylanasini o\u02bclchash orqali abdominal semizlik turini aniqlash (android yoki ginoid tur);<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; TVI ni aniqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Lipid spektrini to\u02bcliq aniqlash: umumiy xolesterin, YuZLP, PPZLP, triglitseridlar;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Siydik kislotasi miqdorini aniqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Korotkov va sutkalik monitoring usullarida arterial qon bosimini o\u02bclchash;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Uyqu vaqtidagi nafas buzilishining yashirin ko\u02bcrinishlarini aniqlash maqsadida bemorga qo\u02bcshimcha savollar berish;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Nishon organlari holatini baholash: umumiy uyqu arteriasi kengligini aniqlash orqali tomirlar holatini, buyrak faoliyatini aniqlash maqsadida mikroalbumiuriyani tekshirish, shuningdek chap qorincha miokard massasi indeksini aniqlash bilan yurak faoliyatiga baho berish;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; \u0410bdominal sohani KT va MRT qilish orqali abdominal yog\u02bc miqdori va ko\u02bclamini aniqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Insulinorezistentlikni bilvosita va bevosita usullarda aniqlash;<\/p>\n\n\n\n<p>\u0410terogen dislipidemiya \u2013 IR va GI ta\u2019sirida lipid almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Dislipidemiyaning eng ko\u02bcp uchrovchi diagnostik mezonlari \u201clipid triadasi\u201d deb yuritilib, quyidagilarni o\u02bcz ichiga oladi: gipertriglitseridemiya, yuqori zichlikdagi lipoproteidlar miqdori pasayishi va past zichlikdagi lipoproteidlar miqdorining oshishi. Bemorlarda bu triadaning uchrashi juda katta ahamiyatga ega bo\u02bclib, bunday bemorlarda QD 2 tur rivojlanmagan holatda ham yurak ishemik kasalligi uchrash xavfi 3-5 barobar oshadi[10,19,40].<\/p>\n\n\n\n<p>Metabolik sindromda IR <strong>gemostazning quyidagi buzilishlariga olib keladi<\/strong>: tromboksan sintezining oshishi, prostotsiklin sintezi kamayishi natijasida trombotsitlar agregatsiyasi oshadi; fibrinogen miqdori oshishi; fibrinoliz ingibitorlari \u2013 Villebrand omili va plazminogen 1 aktivator ingibitorlari miqdori oshishi. Natijada MS ga xos qon ivish sistemasi buzilishi kuzatiladi.<\/p>\n\n\n\n<p><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/gipertoniya-kasalligi-sabablar-diagnostika-va-davolash-usullari\/\"><strong>\u0410rterial gipertenziya(\u0410G)<\/strong> <\/a>\u2013 MS ning erta boshlanuvchi va ko\u02bcp uchrovchi simptomlaridandir. Ko\u02bcp tadqiqotlar glyukozaga tolerantlik buzilishi, QD va \u0410G o\u02bcrtasida aniq bog\u02bcliqliklar borligini ko\u02bcrsatadi[41]. \u0410G rivojlanishida GI ning roli tomir silliq mushaklarida azot oksidi sekretsiyasining insulin ta\u2019sirida oshishi bilan tushintirildadi, IR esa endoteliyning vazodilatatsiya funktsiyasini buzadi.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"1024\" height=\"683\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-1024x683.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13505\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-300x200.jpg 300w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-768x512.jpg 768w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-2048x1365.jpg 2048w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/084A7021-370x247.jpg 370w\" sizes=\"(max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p><strong><a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/yurak-ishemik-kasalligi-nima\/\">Yurak ishemik kasalligi<\/a><\/strong> MS ning erta asoratlaridan bo\u02bclib, bu metabolik buzilishlar yurak qon-tomir faoliyatiga turli darajada jiddiy ta\u2019sirlar ko\u02bcrsatishi bilan namoyon bo\u02bcladi. Vistseral semizlik va MS da epikardial yog\u02bc to\u02bcqima hajmi oshadi[25,32]. Natijada ortiqcha yog\u02bc to\u02bcqimalaridan yallig\u02bclanish oldi sitokinlari(FNO-a, IL-6, IL-1\/3) ajralib, mahalliy yallig\u02bclanish chaqiradi, oqibatda epikardial sohada fibrozlanish paydo bo\u02bcladi[19]. Bu esa arterial fibrillyatsiya (mertsal aritmiya) ga sabab bo\u02bcladi. Tadqiqotlarga ko\u02bcra, MS da arterial fibrillyatsiya (\u0410F) rivojlanishi xavfi 1.7 barobar oshadi[21]. \u0410F bor MS li bemorlarda IL-6, S-reaktiv oqsil va FNO-a ning plazmada oshishi MS ga chalinmagan bemorlarga nisbatan balandroq ko\u02bcrsatkichga ega bo\u02bcladi[10]. Miokardning yallig\u02bclanish, fibrozlanish, remodellanish biomarkyori bo\u02bclgan galaktin-3 semizlik[40], prediabet va diabetda[41], shuningdek, \u0410F bilan kelgan MSda[11] oshadi. Bu amaliyotda miokardning fibrozlanish jarayoniga duch kelish xavfini bildiradi va MS prognoziga ta\u044csir ko\u02bcrsatadi[8].<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Giperurikemiya(GU)<\/strong> \u2013 MS ning asosiy komponentlaridan hisoblanib, uning uchrashi haqida ilk fikrlar 1923-yil Kylin tomondan keltirilgan. Shu kunga qadar izlanishlar esa GU ahamiyatini quyidagicha tushintiradi: siydik kislotasi miqdorining oshishi yurak qon-tomir va buyrak kasalliklari rivojlanish xavfini keltirib chiqaradi[37,39]. GU MS ning boshqa komponentlari bilan o\u02bczaro bog\u02bcliq holda, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy holatga, bemor yoshi, jinsi, etnik, maishiy va dietik odatlari va irsiylanish omillariga ham bog\u02bcliq. Izlanishlar shuni ko\u02bcrsatadiki, GU va gipertriglitseridemiyaning uchrash darajasi, abdominal semizlik bo\u02bclmagan, ammo qon bosimi &gt;130\/85 va glikemiya ko\u02bcrsatkichi esa \u22655.6 mmol\u044c\/l holatda ham ortadi[5].<\/p>\n\n\n\n<p>Keyingi yillarda \u201cmetabolik jihatdan sog\u02bclom semirish\u201d kontseptsiyasi katta qiziqishlarga sabab bo\u02bclmoqda. So\u02bcnggi izlanishlar shuni ko\u02bcrsatdiki, semizlik har doim ham sal\u2019biy metabolik natijalarga olib kelmaydi. Taxminan 10-30% semiz insonlarda metabolik jihatdan sog\u02bclomlik aniqlangan. Va ularda yurak qon-tomir kasalliklari va o\u02bclim asoratlari xavfi juda past[28,31,34]. Lekin bu holat turg\u02bcun emas, metabolik jihatdan sog\u02bclom semirish kuzatilgan bemorlarning taxminan 50% dan ko\u02bcpi 13 yildan so\u02bcng metabolik jihatdan nosog\u02bclom semirishga o\u02bctishi aniqlangan[12].<\/p>\n\n\n\n<p>So\u02bcnggi 15 yilda tuxumdonlar polikistozi sindromi(TPS) nafaqat ginekologik kasallik, balki metabolik, uglevod va lipid almashinuvi buzilishi bilan kechuvchi kasallik sifatida qarala boshladi. \u0410bdominal semizlikda tana vazni indeksi oshishi bilan ayollarda ovarial funktsiyaning og\u02bcir buzilishlari, anovulyatsiya, lyutein fazaning noto\u02bcliq kechishi va xomiladorlik sonining kamayishiga olib keladi. Semizlik TPS uchrash darajasini 25-45% ga oshiradi[7,23]. MS ning diagnostik mezoni sifatida qaralyotgan TPS ko\u02bcpincha surunkali anovulyatsiya, android turdagi semizlik, giperinsulinemiya bilan kechadi, ammo har doim ham abdominal semizlik va ushbu sindrom birgalikda kuzatilmaydi[14,22]. MS ning tuxumdonlar polikistozi sindromi bilan kechishi ayollarda yurak qon-tomir kasalliklari rivojlanish xavfini yanada oshiradi. Bugungi kunda TPS da reproduktiv funktsiyani tiklash tana vaznini kamaytirishga qaratilgan jismoniy faollik va parxez bilan amalga oshirilayotgani va yuqori natijalarga erishilayotgani bu fikrlarni tasdiqlaydi[4,9]. \u0410yollarda reproduktiv involyutsion davrda menopauzal MS ning kechishida o\u02bcziga xosliklar mavjud bo\u02bclib, yurak qon-tomir kasalliklari asoratlari oshib boradi. Bu davrda qonning protrombogen potentsialini kamaytirish va proyallig\u02bclanish holatini yaxshilashga qaratilgan terapiya bilan birga fizioterapevtik muolajalar(vibroterapiya, meloterapiya, aeroionterapiya, xromoterapiya, aromaterapiya va boshqalar) ni qo\u02bcllash yaxshi natijalar beradi[2,3].<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-white-background-color has-background has-medium-font-size\"><strong><mark style=\"background-color:#ffffff\" class=\"has-inline-color has-black-color\">Metabolik sindromni tashxislash va davolashda bir qancha shifokorlar endokrinolog, kardiolog, terapevt va nevropatolog birgalikda ishlashi kerak shunda kasallikni yengib uni og&#8217;iq asoratlarini oldini olish mumkin bo&#8217;ladi, agar sizda yoki yaqinlaringizda ushbu belgilar bo&#8217;lsa xoziroq <a href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/contacts\/\">ro&#8217;yxatdan o&#8217;ting<\/a> va mutaxasislarimiz maslaxatini oling. <\/mark><\/strong><\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-large\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"683\" height=\"1024\" src=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-683x1024.jpg\" alt=\"\" class=\"wp-image-13509\" srcset=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-683x1024.jpg 683w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-200x300.jpg 200w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-768x1152.jpg 768w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-1024x1536.jpg 1024w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-1365x2048.jpg 1365w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-370x555.jpg 370w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-60x91.jpg 60w, https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/samp_9-scaled.jpg 1707w\" sizes=\"(max-width: 683px) 100vw, 683px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p><strong>Endokrinolog Raxmonova Gulzor SHavkatovna<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Metabolik sindrom &nbsp;\u2013 yurak qon-tomir kasalliklari va Qandli diabet rivojlanishi xavfini oshiruvchi metabolik, gormonal va klinik kompleks buzilishlar bo\u02bclib, uning asosida insulinorezistentlik (IR) va kompensator giperinsulinemiya(GI) yotadi[20,27]. Kirish Bugungi kun tibbiyotining ko\u02bcpgina sohalarida katta muhokamalarga sabab bo\u02bclayotgan Metabolik sindrom o\u02bczining yashirin, noaniq, tarqoq qirralari bilan butun dunyo tibbiyotida katta qiziqish uyg\u02bcotgan. &nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Butunjahon sog\u02bcliqni saqlash [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":10,"featured_media":13503,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"_jet_sm_ready_style":"","_jet_sm_style":"","_jet_sm_controls_values":"","_jet_sm_fonts_collection":"","_jet_sm_fonts_links":"","footnotes":""},"categories":[164],"tags":[172,129,165,166,173,170,171,169,167,168],"class_list":["post-13500","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-endokrinologiya","tag-dislipidemiya","tag-gipertenziya","tag-metabolik-sindrom","tag-olim-kvarteti","tag-semizlik","tag-170","tag-171","tag-169","tag-167","tag-168","has-thumb"],"yoast_head":"<!-- This site is optimized with the Yoast SEO plugin v26.4 - https:\/\/yoast.com\/wordpress\/plugins\/seo\/ -->\n<title>Metabolik sindrom - o&#039;lim kvarteti % - Hilol Med<\/title>\n<meta name=\"description\" content=\"xususiy klinika\" \/>\n<meta name=\"robots\" content=\"index, follow, max-snippet:-1, max-image-preview:large, max-video-preview:-1\" \/>\n<link rel=\"canonical\" href=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\" \/>\n<meta property=\"og:locale\" content=\"uz_UZ\" \/>\n<meta property=\"og:type\" content=\"article\" \/>\n<meta property=\"og:title\" content=\"Metabolik sindrom - o&#039;lim kvarteti % - Hilol Med\" \/>\n<meta property=\"og:description\" content=\"xususiy klinika\" \/>\n<meta property=\"og:url\" content=\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\" \/>\n<meta property=\"og:site_name\" content=\"Hilol Med\" \/>\n<meta property=\"article:published_time\" content=\"2024-09-07T10:12:15+00:00\" \/>\n<meta property=\"article:modified_time\" content=\"2024-10-15T08:00:05+00:00\" \/>\n<meta property=\"og:image\" content=\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:width\" content=\"600\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:height\" content=\"450\" \/>\n\t<meta property=\"og:image:type\" content=\"image\/jpeg\" \/>\n<meta name=\"author\" content=\"Med expert\" \/>\n<meta name=\"twitter:card\" content=\"summary_large_image\" \/>\n<meta name=\"twitter:label1\" content=\"Written by\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data1\" content=\"Med expert\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:label2\" content=\"Est. reading time\" \/>\n\t<meta name=\"twitter:data2\" content=\"11 daqiqa\" \/>\n<script type=\"application\/ld+json\" class=\"yoast-schema-graph\">{\"@context\":\"https:\/\/schema.org\",\"@graph\":[{\"@type\":\"Article\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#article\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\"},\"author\":{\"name\":\"Med expert\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/a4f00cfc50e916639c5b3132e645da99\"},\"headline\":\"Metabolik sindrom &#8211; o&#8217;lim kvarteti\",\"datePublished\":\"2024-09-07T10:12:15+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-15T08:00:05+00:00\",\"mainEntityOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\"},\"wordCount\":2220,\"commentCount\":0,\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\",\"keywords\":[\"dislipidemiya\",\"gipertenziya\",\"metabolik sindrom\",\"o'lim kvarteti\",\"semizlik\",\"\u0430\u0440\u0442\u0435\u0440\u0438\u0430\u043b \u0433\u0438\u043f\u0435\u0440\u0442\u0435\u043d\u0437\u0438\u044f\",\"\u0433\u0438\u043f\u0435\u0440\u0433\u043b\u0438\u043a\u0435\u043c\u0438\u044f\",\"\u0434\u0438\u0441\u043b\u0438\u043f\u0438\u0434\u044d\u043c\u0438\u044f\",\"\u043c\u0435\u0442\u0430\u0431\u043e\u043b\u0438\u043a \u0441\u0438\u043d\u0434\u0440\u043e\u043c\",\"\u0441\u0435\u043c\u0438\u0437\u043b\u0438\u043a\"],\"articleSection\":[\"Endokrinologiya\"],\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"CommentAction\",\"name\":\"Comment\",\"target\":[\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#respond\"]}]},{\"@type\":\"WebPage\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\",\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\",\"name\":\"Metabolik sindrom - o'lim kvarteti % - Hilol Med\",\"isPartOf\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#website\"},\"primaryImageOfPage\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage\"},\"thumbnailUrl\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\",\"datePublished\":\"2024-09-07T10:12:15+00:00\",\"dateModified\":\"2024-10-15T08:00:05+00:00\",\"description\":\"xususiy klinika\",\"breadcrumb\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#breadcrumb\"},\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"potentialAction\":[{\"@type\":\"ReadAction\",\"target\":[\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/\"]}]},{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage\",\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\",\"contentUrl\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg\",\"width\":600,\"height\":450},{\"@type\":\"BreadcrumbList\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#breadcrumb\",\"itemListElement\":[{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":1,\"name\":\"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430\",\"item\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/\"},{\"@type\":\"ListItem\",\"position\":2,\"name\":\"Metabolik sindrom &#8212; o&#8217;lim kvarteti\"}]},{\"@type\":\"WebSite\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#website\",\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/\",\"name\":\"Hilol Med\",\"description\":\"xususiy klinika\",\"publisher\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization\"},\"potentialAction\":[{\"@type\":\"SearchAction\",\"target\":{\"@type\":\"EntryPoint\",\"urlTemplate\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/?s={search_term_string}\"},\"query-input\":{\"@type\":\"PropertyValueSpecification\",\"valueRequired\":true,\"valueName\":\"search_term_string\"}}],\"inLanguage\":\"uz-UZ\"},{\"@type\":\"Organization\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization\",\"name\":\"Hilol Med\",\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/\",\"logo\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/cropped-Screenshot_1-300x300-1.png\",\"contentUrl\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/cropped-Screenshot_1-300x300-1.png\",\"width\":300,\"height\":300,\"caption\":\"Hilol Med\"},\"image\":{\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/logo\/image\/\"}},{\"@type\":\"Person\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/a4f00cfc50e916639c5b3132e645da99\",\"name\":\"Med expert\",\"image\":{\"@type\":\"ImageObject\",\"inLanguage\":\"uz-UZ\",\"@id\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/image\/\",\"url\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/6caa0f3fd4390a4eb390ea84b73d3585874966fa28bd5edc6c61fbda568c3a1a?s=96&d=mm&r=g\",\"contentUrl\":\"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/6caa0f3fd4390a4eb390ea84b73d3585874966fa28bd5edc6c61fbda568c3a1a?s=96&d=mm&r=g\",\"caption\":\"Med expert\"},\"sameAs\":[\"https:\/hilol-med.uz\"],\"url\":\"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/author\/admin\/\"}]}<\/script>\n<!-- \/ Yoast SEO plugin. -->","yoast_head_json":{"title":"Metabolik sindrom - o'lim kvarteti % - Hilol Med","description":"xususiy klinika","robots":{"index":"index","follow":"follow","max-snippet":"max-snippet:-1","max-image-preview":"max-image-preview:large","max-video-preview":"max-video-preview:-1"},"canonical":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/","og_locale":"uz_UZ","og_type":"article","og_title":"Metabolik sindrom - o'lim kvarteti % - Hilol Med","og_description":"xususiy klinika","og_url":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/","og_site_name":"Hilol Med","article_published_time":"2024-09-07T10:12:15+00:00","article_modified_time":"2024-10-15T08:00:05+00:00","og_image":[{"width":600,"height":450,"url":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg","type":"image\/jpeg"}],"author":"Med expert","twitter_card":"summary_large_image","twitter_misc":{"Written by":"Med expert","Est. reading time":"11 daqiqa"},"schema":{"@context":"https:\/\/schema.org","@graph":[{"@type":"Article","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#article","isPartOf":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/"},"author":{"name":"Med expert","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/a4f00cfc50e916639c5b3132e645da99"},"headline":"Metabolik sindrom &#8211; o&#8217;lim kvarteti","datePublished":"2024-09-07T10:12:15+00:00","dateModified":"2024-10-15T08:00:05+00:00","mainEntityOfPage":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/"},"wordCount":2220,"commentCount":0,"publisher":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization"},"image":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg","keywords":["dislipidemiya","gipertenziya","metabolik sindrom","o'lim kvarteti","semizlik","\u0430\u0440\u0442\u0435\u0440\u0438\u0430\u043b \u0433\u0438\u043f\u0435\u0440\u0442\u0435\u043d\u0437\u0438\u044f","\u0433\u0438\u043f\u0435\u0440\u0433\u043b\u0438\u043a\u0435\u043c\u0438\u044f","\u0434\u0438\u0441\u043b\u0438\u043f\u0438\u0434\u044d\u043c\u0438\u044f","\u043c\u0435\u0442\u0430\u0431\u043e\u043b\u0438\u043a \u0441\u0438\u043d\u0434\u0440\u043e\u043c","\u0441\u0435\u043c\u0438\u0437\u043b\u0438\u043a"],"articleSection":["Endokrinologiya"],"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"CommentAction","name":"Comment","target":["https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#respond"]}]},{"@type":"WebPage","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/","url":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/","name":"Metabolik sindrom - o'lim kvarteti % - Hilol Med","isPartOf":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#website"},"primaryImageOfPage":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage"},"image":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage"},"thumbnailUrl":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg","datePublished":"2024-09-07T10:12:15+00:00","dateModified":"2024-10-15T08:00:05+00:00","description":"xususiy klinika","breadcrumb":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#breadcrumb"},"inLanguage":"uz-UZ","potentialAction":[{"@type":"ReadAction","target":["https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/"]}]},{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#primaryimage","url":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg","contentUrl":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2024\/09\/ms-1590150605.jpg","width":600,"height":450},{"@type":"BreadcrumbList","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/metabolik-sindrom-olim-kvarteti\/#breadcrumb","itemListElement":[{"@type":"ListItem","position":1,"name":"\u0413\u043b\u0430\u0432\u043d\u0430\u044f \u0441\u0442\u0440\u0430\u043d\u0438\u0446\u0430","item":"https:\/\/hilol-med.uz\/"},{"@type":"ListItem","position":2,"name":"Metabolik sindrom &#8212; o&#8217;lim kvarteti"}]},{"@type":"WebSite","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#website","url":"https:\/\/hilol-med.uz\/","name":"Hilol Med","description":"xususiy klinika","publisher":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization"},"potentialAction":[{"@type":"SearchAction","target":{"@type":"EntryPoint","urlTemplate":"https:\/\/hilol-med.uz\/?s={search_term_string}"},"query-input":{"@type":"PropertyValueSpecification","valueRequired":true,"valueName":"search_term_string"}}],"inLanguage":"uz-UZ"},{"@type":"Organization","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#organization","name":"Hilol Med","url":"https:\/\/hilol-med.uz\/","logo":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/logo\/image\/","url":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/cropped-Screenshot_1-300x300-1.png","contentUrl":"https:\/\/hilol-med.uz\/wp-content\/uploads\/2023\/07\/cropped-Screenshot_1-300x300-1.png","width":300,"height":300,"caption":"Hilol Med"},"image":{"@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/logo\/image\/"}},{"@type":"Person","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/a4f00cfc50e916639c5b3132e645da99","name":"Med expert","image":{"@type":"ImageObject","inLanguage":"uz-UZ","@id":"https:\/\/hilol-med.uz\/#\/schema\/person\/image\/","url":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/6caa0f3fd4390a4eb390ea84b73d3585874966fa28bd5edc6c61fbda568c3a1a?s=96&d=mm&r=g","contentUrl":"https:\/\/secure.gravatar.com\/avatar\/6caa0f3fd4390a4eb390ea84b73d3585874966fa28bd5edc6c61fbda568c3a1a?s=96&d=mm&r=g","caption":"Med expert"},"sameAs":["https:\/hilol-med.uz"],"url":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/author\/admin\/"}]}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13500","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/10"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=13500"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13500\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":13513,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/13500\/revisions\/13513"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/13503"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=13500"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=13500"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/hilol-med.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=13500"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}