Xansirash (nafas etishmovchiligi)ga nima sabab bo’ladi

Nafas qisilishining sababi odatda bronx kasalliklari, o’pka kasalliklari,  yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo’lib, bu havo yetishmasligi hissi bilan ifodalanadi. Agar bunday a’lomatlar paydo bo’lsa, o’z-o’zini davolamasdan shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak.

Tibbiyotda «nafas qisilishi» (dispnoe) atamasi odatda jismoniy xarakat, yugurish paytida paydo bo’ladigan havo yetishmasligi hissini tasvirlash uchun ishlatiladi. Bunday holda, zinapoyaga chiqishda, oddiy yurish paytida , hatto odam dam olayotgan holatda ham xansirash kuzatilishi mumkin. Agar sizda xansirash (xavo yetishmasli, nafas qisishi) bo’lsa  darhol shifokorga murojaat qilishingiz kerakligini anglatadi.

Nafas qisilishining asosiy sabablari nima bo’lishi mumkin?

Aytish kerakki, nafas qisilishi ikki xil kechishi mumkin birinchisi asta-sekin, uzoq vaqt davomida rivojlanib boradigan bunda avval ko’proq yurgan yoki yugurgan paytda paydo bo’ladi keyin bir necha o’n metrda keyin esa bir necha qadam yoki tinch xolatda xam xansirash kuzatiladigan bo’ladi bu bosqichlar oylar yoki yillar davomida rivojlanadi. Ikkinchi xolatda esa oldin bo’lmagan xansirash bir necha kun yoki hatto bir necha soat va daqiqalarda paydo bo’ladi va tez rivojlanadi. 

Asta-sekin paydo bo’lgan xansirashining asosiy sabablari:

 Bronx-o’pka  tizimi kasalliklari – emfizema, obstruktiv bronxit, obstruktiv o’pka kasalligi, mukovistsidoz, sil, bronxoektatik kasallik, surunkali bronxit.

Yurak yetishmovchiligini keltirib chiqaradigan yurak-qon tomir tizimining kasalliklari – gipertoniya, miokard infarkti, yurak ishemik kasalliklari, kardiomiopatiyalar va boshqalar.

Semizlik yoki  ortiqcha ta’na vazni – bu holda, sabab nafaqat tanaga yuklamaning oshishi, balki semizlik tufayli paydo bo’ladigan kasalliklarning rivojlanishi tufayli  ham bo’lishi mumkin.

«Tez» nafas qisilishiga olib keladigan sabablar:

· Bronx va o’pka kasalliklaridan  – har xil turdagi pnevmoniyalar, bronxial astma, o’pka arteriyasi emboliyasi;

· yurak kasalliklari – yurak nuqsonlari, miokard infarkti, koronar arteriya kasalliklari, paroksizmal aritmiyalar va boshqalar;

· allergik reaksiyalar – kvinke shishi,  anafilaktik shok.

Xansirashning ya’na ko’plab sabablari bor, biz faqat eng ko’p uchraydiganlarini sanab o’tdik. Xansirashga olib kelishi mumkin bo’lgan kasalliklar inson salomatligi uchun juda jiddiy xavf tug’diradi. Shuning uchun agar sizda xansirash belgilari kuzatilayotgan bo’lsa, tezroq shifokorga murojaat qiling.  Tashxis va davolashni kechiktirish xansirash sabablarini og’irlashtirishi va orqaga qaytmas asoratlarga olib kelishi mumkin,  agar nafas qisilishi to’satdan paydo bo’lsa va tez rivojlanib axvolingizni birdaniga og’irlashtirsa zudlik bilan tez yordam chaqirishingiz kerak.

Xansirashning mexanizmi

Nafas qisilishining belgilari, asosan, organizmda kislorod yetishmasligi yoki qonda kislorod yetishmasligi ya’ni gipoksiya bilan bog’liq. Qonda kislorod miqdorining kamayishi natijasida miyadagi nafas olish markazi faollashadi va nafas a’zolariga buyruq berib tezroq, ko’proq nafas olishni talab qiladi. Shundan so’ng nafas olish o’z-o’zidan tezlashadi ya’ni odatda odam daqiqasiga 16-18 marta nafas olsa xansirash vaqtida bu 20 martadan 30-40 martagacha ko’payadi.  Xansirash sababi bo’lgan kasallikka qarab, nafas olish qiyin bo’lishi yoki nafas chiqarish qiyin bo’lishi va ham nafas olish, ham nafas chiqarish qiyin bo’lishi bilan kechishi mumkin.

Nafas yetishmovchiligini tashxislash va davolash

Shifokorga tashrif buyurganingizda, birinchi qilishi kerak bo’lgan ish bu xansirashning  sababini aniqlashdir, buning uchun shifokor umumiy ko’rik, auskultatsiya tekshiruvi va zarurat bo’lganda spirometriya, EXOKG yoki boshqa tekshiruvlarni o’tkazadi shundan so’ng tashxis aniq bo’lgach sababi topilgach shunga mos davolash usuli belgilanadi. Bu bronx va o’pka tizimni davolash, yurakni davolash yoki qon tomirlarini davolash bo’lishi mumkin. Nafas qisilishi kuzatilganda o’z boshimchalik bilan dorilarni qabul qilish mumkin emas сhunki xansirashni davolashda xar xil dori ishlatiladi ularni ko’rsatma bo’lmaganda yoki qarshi ko’rsatma bor xolatda qo’llanilsa xavfli asoratlar kelib chiqishi mumkin. Nafas qisilishining dastlabki bosqichlaridayoq shifokorga murojaat qilish sizga kasallik asoratlarini oldini olishga va kasallikdan butunlay qutulishga imkon beradi. Bizning klinikamizda xansirash va nafas qisishi bilan kechadigan kasalliklarni tashxislash va davolash uchun tekshiruv diagnostika usullari va mutaxasislar bor, agar sizni yoki yaqinlaringizni xansirash, nafas qisishi, surunkali yo’tal yoki bo’g’ilib qolish bezovta qilayotgan bo’lsa xoziroq bizga qo’ng’roq qiling +998712002303 yoki qabulga yoziling https://hilol-med.uz/contacts