Yosh bola yig‘lab qotib qolsa – bu tutqanoqmi? Yuragingizni hovuchlamang!

Ba’zi 6 oylikdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuchli yig‘i paytida birdaniga nafas qisilishi, ko‘karib qolish, hushdan ketish yoki qotib qolish holati kuzatiladi. Bu holatga affektiv-nazoid kriz deyiladi.

Nima uchun yuz beradi?

– Bola kuchli yig‘lab, nafas chiqaradi, lekin keyin nafas olmaydi
– Qisqa vaqtli kislorod yetishmovchiligi yuzaga keladi
– Bu holat reflektor, ya’ni ixtiyorsiz ravishda yuz beradi
– Odatda xavfli emas va bolaning miyasi yoki yuragi bilan bog‘liq emas

Asosiy sabablari:

– Hissiy to‘lqinlanish (qo‘rquv, alam, g‘azab)
– Uyqu, ovqatlanish, vitamin D yetishmovchiligi
– Genetik moyillik (ota-onasida ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin)
– Ba’zi hollarda asab tizimi yetilmagan bo‘lishi

Bu holatda ota-ona nima qilmasligi kerak:
✘ Suv sepish, yuzga urish
✘ Tashxis qo‘yilmagan holda o‘zicha dori berish
✘ “Tutqanoq bo‘ldi” deb qo‘rqish

Nima qilish kerak?

– Bolani yotqizib, boshini yon tomonga burish
– Og‘izni ochiq saqlashga harakat qilish
– Holat 1-2 daqiqada o‘tib ketsa, xavf yo‘q
– Lekin har doim nevropatolog ko‘rigidan o‘tkazish shart!

Hilol Med Centerda tajribali bolalar nevropatologi sizning farzandingizni to‘liq tekshiradi va sababini aniqlaydi.

📞 +998 71 200 23 03
📍 Chilonzor, Katta Qo‘ni ko‘chasi, 13/1
🩺 Sog‘lom farzand – xotirjam oila!

Buni yosh bolasi borlarga yuborib qo’ying.

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan