Yurak ishemik kasalligi miokardning funksional va organik shikastlanishidir. Kasallik yurak mushaklarining gipoksiyasi (kislorod yetishmovchiligi) tufayli yuzaga keladi. Bu holat mushaklarga qon oqimining pasayishi yoki to‘liq to‘xtashi tufayli kelib chiqadi. Ishemiya surunkali (infarktdan keyingi kardioskleroz, stenokardiya) yoki o‘tkir (to‘satdan koronar o‘lim, miokard infarkt) holatlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarda bemorlarda ko‘krak sohasida og‘riq, yurak sanchishi, xansirash, ba’zida esa qon bosimi oshishi yoki davleniya muammolari kuzatiladi. Agar sizda shunday belgilar kuzatilsa, Klinika tashkent hisoblangan Hilol Med Center mutaxassislariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Yurak ishemik kasalligiga olib keluvchi xavf omillari
uzoq muddat davomida yuqori qon bosimi bilan yurish
semizlik
passiv hayot tarzi
qandli diabet
qonda xolesterin miqdorining yuqori bo‘lishi
qonning quyuqlashishi
chekish va spirtli ichimliklar
nasliy moyillik
Bunday holatlar yurak-qon tomir tizimiga katta yuk tushiradi va yurak ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi. Bunday muammolarni aniqlashda kardiolog va terapevt ko‘rigidan o‘tish muhim hisoblanadi.
Kasallik patogenezi
Kasallik patogenezida ikki xil holat yotadi:
Yurakni qon bilan ta’minlovchi koronar arteriyalar spazmi yoki ularning ichida aterosklerotik blyashkalar hosil bo‘lishi.
Natijada yurak mushaklariga boradigan kislorod kamayib, yurak ishemik kasalligi rivojlanadi. Bu esa ko‘krak og‘rig‘i, yurak sanchishi, xansirash va yurak ritmi buzilishiga olib keladi.
Yurak ishemik kasalligi ko‘rinishlari
stenokardiya
yurakning og‘riqsiz ishemiyasi
o‘tkir koronar sindrom
ishemik kardiomiopatiya
o‘tkir koronar o‘lim
yurak ritmining buzilishi
miokard infarkt
infarktdan keyingi kardioskleroz
yurak yetishmovchiligi
Bu kasalliklarni davolash bilan kardiolog tashkent mutaxassislari shug‘ullanadi.
Stabil zo‘riqish stenokardiyasi
Stenokardiya xurujlari paytida bemorda ko‘krak qafasida ezuvchi yoki siquvchi og‘riq paydo bo‘ladi. Bu og‘riq chap qo‘l, bo‘yin yoki pastki jag‘ga tarqalishi mumkin. Ba’zi holatlarda xansirash, sovuq terlash yoki qo‘rquv hissi paydo bo‘ladi.
Ko‘pincha og‘riqlar jismoniy zo‘riqish paytida, sovuqda yoki stress vaqtida paydo bo‘ladi. Bunday paytda kardiolog ko‘rigidan o‘tish zarur.
Nostabil stenokardiya
Nostabil stenokardiya – yangi paydo bo‘lgan yoki tez kuchayib boruvchi stenokardiya turi bo‘lib, vaqtida davolanmasa infarkt rivojlanish xavfini oshiradi.
Bunday holatda bemorda kuchli yurak sanchishi, xansirash, qon bosimi o‘zgarishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun tezkor tashxis qo‘yish va davolash juda muhim.
Stenokardiyani tekshirish usullari
Kasallikni aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlar o‘tkaziladi:
EKG
ExoKG
qon tahlillari
koronarografiya
yuklama testlari
sutkalik holter monitoring
Bu tekshiruvlar orqali kardiolog tashkent mutaxassislari kasallik sababini aniqlaydi
Stenokardiyani davolash.
Davolash usuli kasallik turiga qarab belgilanadi.
Dorilarsiz davolash
ratsional ovqatlanish
muntazam sport bilan shug‘ullanish
vaznni kamaytirish
zararli odatlardan voz kechish
Dori vositalari
nitratlar
kalsiy kanali blokatorlari
antiagregantlar
statinlar
Jarrohlik davolash
koronar tomirga stent qo‘yish
aortokoronar shuntlash
Hilol Med Center klinikasida tajribali kardiolog, nevrolog, nevropatolog, endokrinolog, revmatolog, gastroenterolog, nefrolog, pediatr kabi mutaxassislar faoliyat yuritadi. Zarur bo‘lsa bemorlar statsionar tashkent sharoitida ham davolanishi mumkin.
Agar sizda yurak ishemik kasalligi, yurak sanchishi, xansirash, oyoq shishi yoki qon bosimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, Hilol Med Center klinikasiga murojaat qiling.

Рахмат