Gerb kasalligi qanday?

Gerb kasalligi qanday?

Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERB) — bu ovqat hazm qilish tizimining yuqori bo‘limlarini zararlovchi surunkali va qaytalanuvchi kasallik bo‘lib, unda pastki qizilo‘ngach sfinkterining tonusi pasayishi va funksional yetishmovchiligi, antireflyuks to‘siqning buzilishi, oshqozonning motor-evakuator faoliyati izdan chiqishi, qorin ichi va oshqozon ichki bosimining oshishi, diafragma churrasining mavjudligi hamda oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak faoliyatining nomuvofiqligi natijasida oshqozon tarkibi, ayrim hollarda esa safro kislotalari va oshqozon osti bezi fermentlarini o‘z ichiga olgan o‘n ikki barmoqli ichak tarkibi qizilo‘ngach bo‘shlig‘iga patologik tarzda qayta chiqadi, bunda xlorid kislota, pepsin va boshqa agressiv omillar ta’sirida ushbu kimyoviy moddalar ta’siriga moslashmagan qizilo‘ngachning distal qismi shilliq qavati zararlanib, himoya mexanizmlari buziladi, yallig‘lanish jarayoni faollashadi va reflyuks-ezofagitning kataral, eroziyali yoki yara shakllari rivojlanadi, shilliq qavatda mikro va makroskopik nuqsonlar hosil bo‘lib, bu holat klinik jihatdan jig‘ildon qaynashi, ko‘krak ortida achishish va og‘riq, nordon yoki achchiq reflyuks, kekirish, tomoqda achishish hissi, yutishda qiyinchilik va og‘riq kabi qizilo‘ngachga oid belgilar, shuningdek surunkali yo‘tal, ovoz bo‘g‘ilishi, laringit, faringit, qaytalanuvchi sinusitlar, bronxial obstruksiya sindromi, yurak og‘rig‘iga o‘xshash ko‘krak og‘riqlari, epigastral va qovurg‘a osti sohalaridagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, meteorizm va uyqu buzilishlari kabi qizilo‘ngachdan tashqari belgilar bilan namoyon bo‘ladi, kasallik uzoq vaqt davomida nazoratsiz kechganda esa qizilo‘ngach strikturalari va torayishlari, qonaydigan eroziya va yaralar, surunkali kamqonlik, ko‘p qavatli yassi epiteliy hujayralarining ichak tipidagi metaplaziyasi — Barrett qizilo‘ngachi, epiteliy displaziyasi va qizilo‘ngach adenokarsinomasi rivojlanish xavfining sezilarli oshishi kabi og‘ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin, shu sababli GERB ijtimoiy va klinik ahamiyatga ega bo‘lgan kasallik hisoblanib, uni aniqlashda ezofagogastroduodenoskopiya, sutkalik pH-impedansometriya, qizilo‘ngach manometriyasi va rentgenologik tekshiruvlar qo‘llaniladi hamda davolash hayot tarzini va ovqatlanishni o‘zgartirish, tana vaznini kamaytirish, zararli odatlardan voz kechish, antireflyuks rejimiga rioya qilish, proton nasosi ingibitorlari, H2-blokatorlar, antatsidlar va prokinetiklardan iborat dori terapiyasini o‘z ichiga oladi, konservativ davolash samara bermagan va asoratlangan holatlarda esa jarrohlik antireflyuks amaliyotlari qo‘llaniladi.

Izoh qoldirish

Siz tizimga kirdingiz. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan